Temir (mineral)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Temir, tugʻma temir — mineral, Fe bilan Ni ning aralashmasi. Topilish sharoitiga qarab — tellurli yoki yer temiri (nikelli temir), meteoritli (kosmik), doimiy nikelli (kamasit va tenit) tugʻma temirlar farklanadi. Tellurli temir — kub sistemasida kristallanadi, atemirning modifikatsiyasidan iborat boʻlgan kamyob mineral. Bir necha t ogʻirlikkacha yetadigan uyumlar, alohida tangasimon, donador, sim shakllarida yoki bulutsimon massalar koʻrinishida uchraydi. Kimyoviy tarkibi, asosan, qattiq eritma beruvchi Fe va Ni dan iborat boʻlib, ferritlar da Ni ning miqdori 3% gacha va tugʻma nikelda temirli (avaruit, katarinit, oktibbegit, jozefinit va boshqalar) nikelning miqdori 30% dan 80% gacha boʻladi. Nikeltemirning qattikligi 4—5; ferritlarning zichligi 7,3—7,8 g/sm3, nikeltemirniki 7,8—8,2 g/sm3, rangi oq kumushrang. Kuchli magnitli. Yer poʻstida kam hosil boʻladi va saqlanadi. Bazalt jinslarda bulutsimon toʻplamlar, donali koʻrinishda juda koʻp uchraydi (Grenlandiya yaqinidagi Disko o.da, Kassel, Germaniya va boshqalar). Granitlarda juda kam, serpentinit va peridotitlarda kam boʻladi. Platinali sochmalarda hamda sideritli choʻkmalarda, toshkoʻmirli va botqoq temir rudalarida uchraydi. Oʻta bekapop va tezda temir gidrooksidiga aylanadi. Meteoritli tugma temir kosmik jismlar shakllanish jarayonida hosil boʻlib, Yerga meteoritlar koʻrinishida tushadi.