Telugu adabiyoti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Telugu adabiyoti - telugu (andxra) xalqining adabiyoti. Telugu tili 1ming yilliklarda shakllana boshlagan. Birinchi yozma yodgorliklar toshlarga oʻyib yozilgan "shasana" yozuvlaridir. Telugu tilidagi eng qad. yozuv 575 yilga oid. 7—8-asrlarga tegishli yozuvlar juda kam saklangan. Shasana yozuvlaridagi birinchi sheʼriy asar 9-asr, telugu tilidagi birinchi sheʼr esa 849 y. ga taallukli. Padma (10-asr) teluguda "Jinendra haqida parana" nomli oʻz ustozi haqida asar yaratgan. "Mahabharatatmnt Nannaya Bhatta (11-asr) tomonidan telugu tiliga tarjima qilingan nusxasi — "Andhra Mahabharata" Telugu adabiyotining ilk namunasidir. Sarvadeva esa jaynizm goyasi bilan sugorilgan 2 ta: "Adi puranam" ("Azaliyat haqida doston") hamda "Viratamu" ("Virat haqida asar") dostonlarini yozgan. Pavuluru Mallaning "Pavuluganitama" ("Matematika", 12-asr) traktati bir necha ming sheʼriy misralardan iborat. Shu davrda "lakshanagrantxamu" — "sheʼriyat haqida traktat"lar (Mallaya Rechana — "Kavijanashrayamu"si, Gokarna Devaning traktatlari) yaratildi. 12-asr Telugu adabiyotida Palkurika Somnahta (13-asr)ning "Anubhavasaram" ("Bilish ilmi asoslari"), "Basava paranam" ("Basava haqida qissa") hamda "Panditaradhya — charitamu" ("Avliyo pandit haqida qissa") qahramonlik dostonlari paydo boʻldi. 14—15-asrlarda telugu tilida koʻpgina sanskrit asarlarining — puranlar, matematikaga oid asarlar, sheʼriy asarlar, ertak va masallarning tarjimalari yaratildi. 16-asr shoir va yozuvchilaridan Shrinath, Bammer Potana, Krishnadev Ray, Alasani Peddana telugu sheʼriyatining rivojiga katta hissa qoʻshganlar. 18-asr sheʼriyati bhaktshoir Vemana shatakamulari bilan mashhur.

19—20-asrlarda publitsistika rivojlandi, yangi adabiy janr va shakllar paydo boʻldi. Telugu adabiyotidagi maʼrifatparvarlik gʻoyalari asoschisi Kandukuri Vireshalingam (1 848—1919)ning yumoristik asarlari va "Rajashekhara hayoti" kabi romanlari ijtimoiymaishiy mavzudagi dastlabki asarlardir. 20-asrda romantik sheʼriyat gullab yashnadi (G. Apparao, R. Subbarao, D. Krishnashastri), 20-asr 1yarmi adabiyotida milliy mustaqillik uchun kurash gʻoyalari (V. Bhaskararo, V. Satyanarayana) aks ettirildi. Keyingi davrda Telugu adabiyotida gumanizm, realizm gʻoyasidagi turli ijtimoiy mavzudagi romanlar, hikoyalar, novellalar, falsafiy mavzudagi sheʼrlar yaratilmoqda (R. Vishvanatha Shastri, K. Kumar, P. Padamarazu, R. Reddi, M. Rao, Subbaroa, Somasundar va boshqalar).

Adabiyot[tahrir]

  • Gurov N., Petrunicheva 3., Literatura telugu, M., 1967.

Tamara Xoʻjayeva, Ulfatxon Muhibova.