Televizion trubka

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Televizion trubka - televizion tasvirni uzatish va qabul qilishda ishlatiladigan elektronnurli asbob. Uzatuvchi va qabul qiluvchi turlarga boʻlinadi. Uzatuvchi Televizion trubka optik tasvirni elektr televizion signallarga aylantirib beradi. Signallarga aylantirish tamoyiliga koʻra, zaryadni yigʻmasdan uzatuvchi (dissektor) va yigʻib uzatuvchi xillarga boʻlinadi. Uzatuvchi Televizion trubkalar: fotoemission (ikonoskop, ortikon), ikkilamchi elektronli (superikonoskop, superortikon), fotooʻtkazuvchi Televizion trubka (vidikon) va boshqa Qabul qiluvchi Televizion trubka (kineskop) televizorda tasvirni namoyon qilish (koʻrsatish) uchun ishlatiladi.