Teletayp

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Teletayp (tele... va ing. type — mashinkada yozish) — axborotlarni qabul qilish va uzatish uchun moʻljallangan harf bosish apparati. Yozuv mashinasi yoki kompyuterdagiga oʻxshash klavishlari bor. Xabarlarni aloqa kanallari (T. tarmogʻi) boʻyicha uzatish uchun, shuningdek, maʼlumotlarga ishlov berish avtomatik tizimlari (EHM, kompyuterlar) da axborotni kiritish-chiqarish masiqurilmasi sifatida qoʻllanadi. Qabul qilishda axborotlar telegraf apparatidagi rulon qogʻozga avtomatik tarzda qayd kilinadi.