Telemetriya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Telemetriya (tele... va ... metriya) — kuchlanish, tok kuchi, quvvat, bosim, tra, sath, uchish balandligi, organizmnng biol. koʻrsatkichlari, meteorologik maʼlumotlar va boshqa kattaliklarni telemexanika vositalari orqali masofadan turib oʻlchash. Bevosita oʻlchash ishlari datchik yordamida amalga oshiriladi; olingan maʼlumotlar avtomatik tarzda (odatda kodlangan radiosignallar koʻrinishida) aloqa kanallari boʻyicha qabul qilish qurilmasiga uzatiladi. Bu yerda maʼlumotlar qayd qilinib, ishlab chiqiladi. Radiokanal boʻyicha amalga oshiriladigan T. radiotelemetriya deb ataladi. T. meteorologiya, tibbiyot, kosmonavtika, energetika va boshqa sohalarda qoʻllanadi.