Telegraf stansiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Telegraf stansiyasi - abonentlar yoki aloqa muassasalari orasida telegraf aloqann taʼminlaydigan stya; telegraf tarmogʻinmng tarkibiy qismi. Telegraf aloqa kanallarini kommutatsiyalash (oʻzgartirish, uzibulash) va telegraf xabarlarini kommutatsiyalash Telegraf stansiyasilari boʻladi. Telegraf stansiyasining abonent telegraflash, toʻgʻri (bevosita) ulanadigan, birlashtirilgan va xabarlarni uzatish uchun moʻljallangan turlari bor. T.yeda mahalliy va shaharlararo telegraf aloqa oʻrnatiladi. Abonentlarni ulash, xabarlarni uzatish va qabul qilish operatsiyalari asosan avtomatik tarzda (baʼzi Telegraf stansiyasida qoʻlda xam) bajariladi. Telegraf stansiyasi elektron hisoblash mashinalari (kompyuterlar) asosida ishlaydi.

Telegraf stansiyasi jihozlari: telegraf apparatlari, avtomatik kommutatsiya qurilmalari, koʻp karrali ulabuzgichlar, telegraf aloqa kanallarini muvofiqlashtirish qurilmalari, signallar datchiklari, telegraf xabarlarni jamlovchilar, nazoratoʻlchash asboblari, avariya va operativ signalizatsiya asboblari va boshqa Oʻzbekistonda Telegraf stansiyasilari Toshkent, Nukus sh.larida va barcha viloyatlarning markazlarida bor. Ularning ishini "Oʻzbektelekom" aksiyadorlik kompaniyasi muvofiqlashtirib turadi.