Tekis harakat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Tekis harakat — harakat davomida tezligi yoʻnalish jihatdan har qancha oʻzgarsa ham, kattalik jihatdan oʻzgarmasdan qoladigan harakat. Tekis harakat toʻgʻri va egri chiziqli trayektoriya boʻyicha yuz berishi mumkin. Toʻgʻri chizikli harakatda jismning koʻchish vektori bilan tezlik vektori bitta chiziqda yotadi. Egri chizikli harakatda esa tezlik vektori oʻz yoʻnalishini vaqt oʻtishi bilan uzluksiz oʻzgartira boradi va uning yoʻnalishi hamma vaqt harakat trayektoriyasiga oʻtkazilgan urinma boʻyicha boʻladi. Tekis harakatda jismlarning biror v tezlik bilan t vaqt oraligʻida bosib oʻtadigan yoʻli sqvt munosabat orqali aniqlanadi.

Qattiq jasmlar ilgarilanma Tekis harakat qilishi va qoʻzgʻalmas oʻq atrofida tekis aylanishi mumkin. Birinchi holda qattiq jismni tashkil etuvchi har bir nuqtasining harakat tezligi v> ham son qiymati, ham yoʻnalishi boʻyicha bir xil boʻlib oʻzgarmasdan qoladi. Aylanma harakatda esa, jismni tashkil etuvchi hamma nuqtalarning burchak tezliklari yu bir xil qiymatga ega boʻlib, vaqt oʻtishi bilan oʻzgarmaydi va t vaqt oraligʻida jismning burilish burchagi fq(oGʻ munosabat orqali aniqlanadi.