Tehron universiteti
Tehron universiteti (T.U) | |
---|---|
![]() Biznes va iqtisod fakulteti binosi | |
Asl nomi | دانشگاه تهران |
Shiori |
میاسای ز آموختن یک زمان «Taʼlim olishni bir daqiqaga qoldirma» |
Asos solingan | 1934 |
Oʻquv yurti turi | Universitet |
Rektori | Farhod Rahbar |
Manzili | Shanzdax-e-Azar koʻchasi (Engelab shoh koʻchasi) |
Vebsayti | http://www.ut.ac.ir |
Tehron universiteti — Eronning birinchi va eng yirik oliy oʻquv yurti hamda ilmiy tadqiqot markazi. Universitet Tehron shahrida joylashgan. 1934-yilda tashkil etilgan. Adabiyot va gumanitar fanlar, qishloq xoʻjaligi, stomatologiya, nafis sanʼat, huquq, tibbiyot, farmatsevtika, tabiiy fanlar, texnologiya, teologiya, veterinariya tibbiyoti, oʻrmon xoʻjaligi, pedagogika, iqtisodiyot va boshqa ixtisosliklar boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. Bir qancha ilmiy tadqiqot institutlari, kutubxonalari (400 mingga yaqin asar) bor. 25 mingdan ortiq talaba taʼlim oladi.
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Rasmiy sayti Wayback Machine saytida arxivlandi (2009-07-07).
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() |