Teburoro Tito
Teburoro Tito | |
---|---|
Kiribatining Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi doimiy vakili | |
3-Kiribati Respublikasining Prezidenti | |
Mansab davri 1994-yil 1-oktabrdan – 2003-yil 28-martgacha | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
25-avgust 1952-yil Shimoliy Tabiteuea, Tanaeang qishlogʻi, |
Siyosiy partiyasi | Xristian-demokratik partiya (1994-2004) |
Turmush oʻrtogʻi | Keina Tito |
Maʼlumoti | Janubiy Tinch okeani universiteti |
Teburoro Tito (1953-yil 25-avgustda tugʻilgan) – Kiribatlik siyosatchi va diplomat boʻlib, u 1994-yildan 2003-yilgacha Kiribatining uchinchi prezidenti lavozimida faoliyat yuritgan.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Teburoro Tito 1952-yil 25-avgustda Shimoliy Tabiteueadagi Tanaeang qishlogʻida tugʻilgan[1]. 1971-yilda Tito Fidjidagi Janubiy Tinch okeani universitetida taʼlim olish uchun davlat grantini qoʻlga kiritgan. U 1976-yil va 1977-yillarda talabalar uyushmasi raisi lavozimida ishlagan. Tito 1977-yilda fan bakalavr darajasi va pedagogika boʻyicha sertifikatni qoʻlga kiritib, universitetni tamomlagan. Shundan soʻng, 1979-yilgacha universitetda talabalar koordinatori sifatida ish faoliyatini davom ettirgan[2].
Karyerasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1980-yilda Tito Kiribatiga qaytib kelgan va Taʼlim vazirligining stipendiya xodimi boʻlib ishlagan. 1982-yilda „Boʻlajak yetakchilar uchun“ AQShda oʻttiz kunlik sayohat yoʻllamasini yutib olgan. Tito 1983-yildan 1987-yilgacha taʼlim boʻyicha katta direktor boʻlib ishlagan. Tito 1980-yildan 1994-yilgacha Kiribati futbol assotsiatsiyasiga ham raislik qilgan[3].
1987-yil mart oyida Tito Janubiy Taravadagi Teinainano shahar kengashi saylov okrugi uchun parlament aʼzosi etib saylangan. Oʻsha yilning oxirida boʻlib oʻtgan prezidentlik saylovlarida Tito oxirgi uchta nomzoddan biri boʻlib saylovda oʻz nomzodini qoʻygan[4]. Muxolifat rahbari Garri Tong dastlab nomzod sifatida koʻrib chiqilgan, ammo u Tito foydasiga nomzodini qoʻyishdan bosh tortgan. Qolgan ikki nomzod, Ieremia Tabai va Teatao Teannaki amaldagi prezident va vitse-prezidentlar boʻlgan[3][5][6].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ United Nations (2017-yil 13-sentyabr). „New Permanent Representative of Kiribati Presents Credentials“. Press-reliz.
- ↑ Geddes, W. H.. Tabiteuea North. ANU Development Studies Centre, 1983. ISBN 0-909150-89-3.
- ↑ 3,0 3,1 East & Thomas 2003, ss. 274–275.
- ↑ Van Trease 1993, s. 68.
- ↑ Van Trease 1993, ss. 68, 70.
- ↑ VanTrease 1993, s. 70.