Te rangixayeata
Qiyofa
Te rangixayeata (Te Rangihaeata) -maorilarning ngatitaya qabilasi sardori (Yangi Zelandiya). Maorilarning ingliz mustamlakachilariga qarshi kurashiga (1843-yildan) rahbarlik qilgan. 1843-yil T.R. qabilaning boshqa bir sardori bilan birga qabilaga tegishli boʻlgan hududda ingliz manzilgohlarini yoʻq qilinishini talab qilgan. Mustamlaka maʼmuriyati ushbu talabilani rad etgach, T.R. va uning qabiladoshlari mustamlakachilar tomonidan oʻrnatilgan chegara yer belgilarini olib tashlab, ularning turar joylariga oʻt qoʻyganlar. Maorilar qoʻzgʻoloni bostirilgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |