Tayyorlov boʻlimi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tayyorlov boʻlimi - oliy maktablarda unga kiruvchilarning umumiy tayyorgarlik darajasini oshirish va kirish uchun zarur boʻlgan bilimlar berishga yoʻnaltirilgan tuzilma. Tayyorlov boʻlimiga umumiy oʻrta maktab, kasbhunar kollejlari, akademik litseylarni bitirgan oʻquvchilar, shuningdek harbiy xizmatdan qaytgan oʻrta maʼlumotga ega shaxslar qabul qilinadi. Tayyorlov boʻlimiga kiruvchilar maxsus suhbatdan oʻtkaziladi va shartnoma asosida qabul qilinadi. Tayyorlov boʻlimida muayyan mutaxassislik boʻyicha oliy oʻquv yurtiga kirish testlarini yechishga xizmat qiladigan fan sohalari chuqur oʻrgatiladi. Tayyorlov boʻlimi oliy maktabga kiruvchilarni oliy oʻquv yurtlariga kirish imtihonlari va test topshiriqlaridan oʻtishga tayyorlaydi. Tayyorlov boʻlimini bitirganlarga oliy oʻquv yurtiga kirishida hech qanday imtiyoz berilmaydi.