Tayvan boʻgʻozi
Qiyofa
Tayvan boʻgʻozi — Osiyo materigining sharqiy qirgʻogʻi bilan Tayvan o. oraligʻidagi boʻgʻoz. Janubiy Xitoy va Sharqiy Xitoy dengizlarini birlashtirib turadi. Uzunligi 398 km, eng kambar joyining eni 139 km, eng sayoz joyining chuqurligi farvaterida 8,6 m. Tayvan boʻgʻozida Penxuledao o.lari bor. Yirik portlari: Gaosyun, Fuchjou va Syamin.
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |