Tayanch burgʻilash

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tayanch burgʻilash - Yer poʻstining geologik tuzilishini chuqur burgʻi quduklari (oʻrtacha 2,5—3,0 km va undan chuqur) qazish bilan oʻrganish usuli. Quduq kesimini geofizik, geokimyoviy, gidrogeologik va boshqa metodlar majmuasi orqali mufassal oʻrganilishi bilan burgʻilashning boshqa turlaridan farq qiladi. T.6., asosan, hududlarning umumiy geologik sharoitini oʻrganish, neftgazliligini bashoratlash va baholash uchun ishlatiladi. Regional geofizik tadqiqotlar (seysmorazvedka, aeromagnitrazvedka, gravirazvedka va boshqalar) maʼlumotlariga tayanib, strukturalar mavjudligi taxmin qilingan joylarda amalga oshiriladi. Burgʻilash ishlari, odatda, kristallik poydevorigacha, ular chuqur joylashgan joylarda esa, burgʻilash qurilmasining texnik imkoniyatidan kelib chiqib bajariladi. Burgʻilash, asosan, kern olish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Tayanch burgʻilashda bajarilgan tadqiqotlar yordamida qatlamlarning geologik va litologik tuzilishi, ularning yoshi, kollektorlik xususiyatlari, kesimda neft, gaz va boshqa foydali qazilmalarning mavjudligi aniklanadi. Tayanch burgʻilash maʼlumotlariga asoslanib, kelgusidagi bajariladigan regional va lokal geologik qidiruv ishlari loyihalanadi. Xorijda tof jinslari stratigrafiyasi va neftgazliligini oʻrganish maqsadida Tayanch burgʻilashdan foydalaniladi, baʼzan ular stratigrafik quduklar deb ham ataladi (yana qarang Oʻta chuqur burgʻilash). Hozirgi vaqtda Oʻrta Osiyo, jumladan, Oʻzbekiston hududlarida oʻrta masshtabli (1:200000) geologik sʼyomkalar oʻtkazilganligi munosabati bilan Tayanch burgʻilashdan kam foydalaniladi.