Tavur Jumayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Tavur Jumayev (1918.6.11, Buxoro tumani — 1983.13.11, Toshkent) — musiqashunos, pedagog, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1967). Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1956). Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi (1941—45). Buxoro teatri direktori oʻrinbosari (1947—49), Oʻzbek davlat filarmoniyasi (1949—54, 1970—72), Navoiy nomidagi opera va balet teatri (1954—57), Oʻzbek davlat estradasi (1961—63), Hamza nomidagi Toshkent musiqa bilim yurti (1974—83) direktori, Oʻzbekiston Madaniyat ishlari vazirligi oʻquv yurtlari va kadrlar boshqarmasi boshligʻi (1972—74). Kompozitorlik ijodiga oid maqolalar, radio eshittirish va telekoʻrsatuvlar muallifi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil