Taut Bruno
Jump to navigation
Jump to search
TAUT (Taut) Bruno (1880.4.5, Kaliningrad — 1938.24.12, Ankara) — nemis meʼmori, nazariyotchi. Funksionalizm namoyandasi. "Ring" meʼmorlik gurugʻi rahbari. 1900 y. boshlarida Shtutgartda (T. Fisherda) oʻqigan. Moskva (1931—32), Yaponiya (1933), keyinchalik Turkiyada ishlagan. T. birinchilardan boʻlib qurilishda shisha va betonni qoʻllagan, oʻquv va turar joy majmualarini yangi turini ishlab chiqqan [Kyolndagi "nemis Verkbundi" koʻrgazmasidagi "Shishali pavilon", 1914, saqlanmagan, Berlindagi Brits tumani turar joy majmuasi (1925—31) va boshqa]. Meʼmorlikda ranglarni keng qoʻllashni targʻib qilgan.
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |