Taungu
Jump to navigation
Jump to search
Taungu — Myanmaning jan.sharkidagi oʻrta asr davlati. Sitaun daryosi sohilidagi tepalik ustiga qurilgan istehkom (taungu) sifatida 1280 y. vujudga kelgan. Taungu sh. atrofida barpo etilgan. 1347 y. T. hokimi qirol unvonini qabul qilgan. Ava davlati qulagach (1527), T. yagona, yirik, mustaqil Birma davlati bulib qolgan. 16-asrda uning hokimlari parchalangan Birmani T. atrofida birlashtirishga uringanlar. Qirol Bayinnaun bunga erishgan. Uning davrida (1551—81) Birma kuchli davlatga aylangan.
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |