Kontent qismiga oʻtish

Tartu universiteti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Tartu Universitetidan yoʻnaltirildi)
estoncha: Tartu Ülikool
Asos solingan sanasi 1632-yil
Manzili
Ülikooli 18, 50090 Tartu, Eesti
Veb-sayti https://ut.ee

Tartu universiteti (estoncha: Tartu Ülikool) - Estoniyadagi yirik va qad. oliy oʻquv yurti. Tarixi 1632-yil Tartuda tashkil etilgan va 1710-yilgacha faoliyat yuritgan Gustavian akademiyasidan boshlanadi. 1802-yil Derpt universiteti nomi bilan qayta ochilgan. 1893—1919-yillarda Yuryev universiteti deb nomlangan. 1919-yildan hozirgi nomda. 1918-yil Tartu universitetining Voronejga evakuatsiya qilingan boʻlimi negizida Voronej universiteti, 1946-yil universitet boʻlimlari asosida Estoniya Fanlar akademiyasi ning bir necha ilmiy tadqiqotlar instituta, 1951-yil Estoniya Qishloq xoʻjaligi akademiyasi tashkil topgan. Fizika, mat., kimyo, biol., tibbiyot, geogr., tarix, filol., iqtisodiyot, huquq, ped. va boshqa ixtisosliklar, shuningdek teologiya boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. Bir nechta muammoli va soha laboratoriyalari, botanika bogʻi, muzeylari, kutubxonasi (3 mln.dan ortiq asar) mavjud. 7 mingdan ortiq talaba taʼlim oladi. "Ilmiy asarlar" nashr etadi.