Tartib (uslub)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tartib, rejim - EHM ning faoliyat holatini koʻrsatish, maʼlum bir dasturlar (algoritmik til, amaliy dastur va boshqalar) ning ishlash uslubi. Mas, EHM ning ishlash T.lari: paket tartibi — butun paket unga kiruvchi barcha masalalar va ularning ustivorligi haqidagi maʼlumotlar bilan taʼminlaydigan usul. Bu T.da masalalarni mustaqil yechish oʻrniga barcha dasturlar EHM xotirasiga kiritilib, alohida vazifalar sifatida masalatarni yechishdan iborat paket (plan) tuziladi. Paket T.i bir dasturli va koʻp dasturli boʻladi. Vaqtni boʻlish tart i b i — EHM ga bir paytda ter-minal deb ataluvchi, maʼlumotlarni masofadan turib kiritib-chiqaruvchi qurilmalarni ulash usuli. Termi-nallar boshqa binolar, korxonalar yoki shaharlarda joylashgan boʻlishi mumkin. Real vaqt tartibi — boshqariluvchi obʼyektdagi avariya holatlari sodir boʻlganda bajariladigan ishchi dasturlarning yuqori ustivorlikka ega boʻlish usuli.

Baʼzi algoritmik tillarda (mas, turbo paskal) kompilyatsiya qilish uslublari, tarjima qilingan dasturlarni saqlash, ularni bajarish va boshqa ishlarda ham har xil T. oʻrnatilishi mumkin.

Amaliy dasturlarda (mas, M§ OGYase va boshqalar) ham, hujjatlarni saqlash. koʻrish. chop etish va boshqa holatlarda ham maʼlum T.lar oʻrnatiladi.