Kontent qismiga oʻtish

Tarte Tatin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Karolin va Stefani Tatin

Tarte Tatin-meva odatda olma, yog‘ va shakar bilan tayyorlangan pirog. Pirog  fransuz mehmonxonasining asosiy taomi sifatida ixtiro qilgan u Tatin opa-singillari nomi bilan ataladi. Pirog ilk bor Fransiyada paydo bo‘lgan, lekin boshqa mamlakat oshxonalarida ham sevib tayyorlanadi.[1]

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

 Afsonaga ko‘ra, Tarte Tatin Lamotte-Beuvrondagi “Hotel Tatin” mehmonxonasida, Loir-et-Cherda, Parijdan 169 km janubda, 1880-yillarda tasodifan yaratilgan. Mehmonxonani ikki opa-singil, Stefani va Karolin Tatinlar boshqargan. Tartening kelib chiqishi haqida bir nechta afsonalar mavjud, ammo eng keng tarqalgani shundan iboratki, bir kuni Stefani Tatin, ko‘p ovqat tayyorlaganligi sababli,  haddan tashqari charchagan edi. U an‘anaviy olma pirogi tayyorlashni boshladi, lekin olmani yog‘ va shakar bilan pishirishga juda ko‘p vaqt sarflab qo‘yadi. Kuygan hidni sezib, u taomni tez tayyorlashga  harakat qiladi va xamirni olma ustiga qo‘yib, pirogni  pechga teskari qo‘yib, tezda pishirib oladi. . Afsonaning boshqa bir versiyasida esa, Stéfani karamelizatsiyalangan olma tartini tasodifan teskari pishirgani aytiladi. Qanday bo‘lmasin, u mehmonlarga ushbu noodatiy pirogni taqdim etdi. O‘qituvchi Mari Souchon yozgan qo'lyozmada retseptni ularga Count Alfred Leblanc de Chatauvillard oshpazi berganligi aytilgan. Har ikkala hikoyaning haqiqatligini aniqlash oson emas.[2]

Tarte Tatin
Asosiy komponentlari U asosan olma va mevalardan tayyorlanadi

Tarte Tatin “Hotel Tatin”ning  maxsus taomiga aylandi. Tarixchilar va olimlar uning haqiqatan ham Demoiselles (miss) Tatinlarning ixtirosi ekanligini yoki Sologne mintaqasiga xos "tarte solognote"ning yaxshilangan versiyasining brendi ekanligini muhokama qilishadi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, tarte “Hôtel Tatin”ning maxsus taomiga aylangan bo‘lsa-da, opa-singillar "maxsus taom" yaratishga harakat qilishmagan; ular hech qachon oshpazlik kitobi yozmagan yoki retseptlarini nashr qilmaganlar; ular hatto bu taomni tarte Tatin deb atashmagan. Bu e‘tirof ularga taniqli fransuz yozuvchisi va epikur Curnonsky va opa-singillar vafotidan keyin Parij restoranlari Maxim's tomonidan berilgan.[3]

Afsonalardan birida aytilishicha, Maxim's egasi Louis Vaudable uni bir marta tatib ko‘rgan va hayratdan qotib qolgan. U buni shunday tasvirlaydi:

“Men yoshlik chog‘larimda Lamotte-Beuvron atrofida ov qilishni yoqtirar edim va keksa ayollar tomonidan boshqariladigan kichik mehmonxonada menyuda tarte solognote deb nomlangan ajoyib desertniko'rib qoldim; Men oshxonadagi xodimlardan uning retsepti haqida so‘radim, lekin qattiq rad javobini oldim. Lekin taslim bo‘lmay, bog‘bon sifatida ishga kirdim,  uch kundan keyin karam ekishni ham bilmasligim ma‘lum bo‘lgach, ishdan bo‘shatildim; ammo, bu oshxona sirlarini o‘rganishga yetarli vaqt edi; Men retseptni olib keldim va uni menyuga “tarte des demoiselles Tatin” deb kiritib qo‘ydim.”[4]

Haqiqatan ham, Vaudable 1902-yilda tug‘ilgan; opa-singillar 1906-yilda nafaqaga chiqqan va 1911 va 1917-yillarda vafot etgan, Maxim's esa Vaudable oilasi tomonidan 1932-yilda sotib olingan. Yangi chiqqan Tarte Tatin, hali glazurlanmagan. Dastlab, Tarte Tatin ikki mahalliy olma navlari bilan tayyorlangan: Reine des Reinettes (Pippins) va Calville. Yillar o‘tishi bilan boshqa navlar ularning o‘rnini egalladi, jumladan Golden Delicious, Granny Smith, Fuji va Gala.Tarte Tatin nok, banan, behi, shaftoli, ananas, pomidor, boshqa mevalar yoki sabzavotlar, masalan piyoz bilan ham tayyorlanishi mumkin.[5]

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Delétang, Henri. La tarte Tatin - Histoire et légendes. France: Editions Alan Sutton, 2011 — 128 bet. ISBN 978-2-8138-0431-0. 
  2. „Tarte Tatin - Le Site Officiel de la Tarte Tatin -“ (2002-yil 21-noyabr). 2002-yil 21-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  3. „Tarte Tatin - Le Site Officiel de la Tarte Tatin -“ (2002-yil 21-noyabr). 2002-yil 21-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  4. Melissa Clark. "A Tart That’s Sweet, Yet Savory". The New York Times, 12 September 2008.
  5. „La tarte Tatin son histoire et ses légendes“. La Nouvelle République (2011-yil 23-dekabr). Qaraldi: 2011-yil 29-dekabr.

Tashqi havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]