Tarqoq elementlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tarqoq elementlar - tabiatda, asosan, yoʻldosh elementlar sifatida turli minerallarda uchraydigan va boshqa metall rudalaridan yoki foydali qazilmalar (kumir, tuz, fosforit va boshqalar)dan yoʻlyoʻlakay ajratib olinadigan kimyoviy elementlar (rubidiy, kadmiy, seziy, galliy, indiy, talliy, germaniy, gafniy vanadiy, selen, tellur, reniy) guruhi. Tarqoq elementlar tabiatda juda kam uchraydi. Tarqoq elementlar boshqa minerallar tarkibida quyidagi: "etakchi" elementining izomorf oʻrin almashinishi (mas., gafniy, sirkonli minerallarda); faqat mikrozond lash yordamida aniklanishi mumkin boʻlgan mikrominerallar (mas., piritdagi telluridlar); "tuproqsimon" amorf minerallar yuzasiga shimilgan sorblashgan qoʻshimchalar (mas., montmorillonitdagi vanadiy, limonitdagi selen); metalloorganik birikmalar (mas., koʻmirlarda) hosil boʻlishi; kristall panjaralarning nuqsonlarida Tarqoq elementlarning joylashishi shakllarida uchrashi mumkin. Tarqoq elementlar Yer poʻstida nisbatan koʻproq miqdorda uchraganda ham, odatda, mustaqil minerallar hosil qilmaydi. Faqat maʼlum hollardagina Tarqoq elementlar (Sc, Tl, Ge, V, Se, Te va Cd) oʻz minerallarini hosil qilishi mumkin. Ularning boshqa elementlar orasida tarqoqdigi yoki oʻz minerallarining vujudga kelishi tabiiy jarayonlarda Tarqoq elementlar konsentratsiyalarining oʻzaro nisbati va ularning keng tarqalgan geokimyoviy analoglari bilan aniklanadi. Mas., kadmiy sinkning geokimyoviy analogi boʻlib, chuqur zonalarda doim sink minerallari orasida tarqaladi va ulardan ajratib olinadi, ammo oksidlanish zonasida Cd va Zn ning boʻlinishi sodir boʻladi. Bunda Zn chiqib ketib, Cd esa oʻz birikmalari shaklida yigʻiladi (monteponid CdO, (grikonit CdS, otavit CdCO3, selenid CdSe). Oʻrta Osiyoda Tarqoq elementlarning yuqori birikmali rudalari (reniy, indiy, germaniy, tellur, nodir yer elementlari va boshqalar) uchraydi.