Tarpan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Tarpan, Yevropa yovvoyi oti (Equus caballus gmelini) — xonaki otning kenja turi. Qadimda Sharqiy Yevropa mamlakatlarida keng tarqalgan. 19-asrning 70y.lariga qadar Ukrainaning dasht mintaqalarida uchragan. Tabiiy sharoitlarda uy hayvonlari podalari taʼsirida va qisman odam tomonidan ovlanishi natijasida yoʻqolib ketgan. Koʻlga oʻrgatish qiyin boʻlgan. Boʻyi past (qarchigʻayigacha bal. 116—136 sm), tanasi pishiq. Uyur boʻlib yashagan. Goʻshti va terisi uchun ovlangan.