Tarkibning doimiylik qonuni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tarkibning Doimiyligi Qonuni — kimyoning asosiy qonunlaridan biri. Kimyoviy birikma qanday usudda olinmasin bir xil elementlardan tarkib topadi, ularning massasi oʻzgarmas nisbatda boʻladi. Mas., suv massasiga koʻra 11,11% vodorod (H) va 88,89% kislorod (O) dan iborat. Mol. m. 18,016 ga teng. Bu H2O formulasi bilan ifodalanib, bunda 2 atom vodorodga 1 atom kislorod toʻgʻri keladi (qarang Kimyoviy formulolar).7.d,.q.nm 1809-yilda fransuz kimyogari J. Prust kashf etgan.

Tarkibning Doimiyligi Qonuni gazsimon va suyuq moddalargagina qoʻllanadi. Kristall moddalar tarkibi o'zgarmas, ham oʻzgaruvchan boʻlishi mumkin. Tarkibi oʻzgarmas birikmalar daltonidlar, tarkibi oʻzgaruvchan birikmalar esa bertollidlar deb ataladi (qarang Daltonidlar va bertollidlar). Koʻpchilik birikmalar, jumladan deyarli barcha organik birikmalar daltonidlar ga mansubdir.