Tarik Tissoudali

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tarik Tissoudali (talaffuzi: Tariq Tissudali; 1993-yil 2-aprelda Amsterdamda tugʻilgan) — marokashlik futbolchi, „Gent“ futbol klubi va Marokash terma jamoasi vingeri.

Tarik Tissoudali
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 2-aprel 1993-yil (1993-04-02) (31 yosh)
Tavallud joyi Amsterdam, Gollandiya
Boʻyi 1.82 m
Ampluasi hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Gent
Raqami 34
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Argon
Young Boys
DWS
Sparta Nijkerk
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2014—2016 Telstar 73 (23)
2016—2018 Le Havre II 9 (2)
2017—2017 → Cambuur (ijara) 18 (7)
2017—2017 → VVV-Venlo (ijara) 11 (1)
2018—2018 → De Graafschap (ijara) 16 (9)
2018—2021 Beerschot 73 (20)
2021— Gent 38 (23)
Milliy terma jamoa
2016 Morokash U23 3 (1)
2022— Morokash 6 (2)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(10-aprel 2022-yil (utc) uchun)

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tarik Tissoudali Gollandiyaning „Argon“, „Young Boys“ va „Sparta“ futbol klublari tarbiyalanuvchisi hisoblanagan. 2014-yilda Tarik Tissoudali „Telstar“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan. 11-avgust kuni „Ajax“ futbol klubining zaxira oʻyiniga qarshi oʻyinda u Erstediviziyada debyut qilgan[1]. „Twente“ futbol klubiga qarshi bahsda Tarik Tissoudali „Telstar“ jamoasi safidagi birinchi golini urgan. Ikkinchi mavsumida esa u 19 ta gol urgan va jamoaning eng yaxshi toʻpurariga aylangan. 2016-yilning yozida Tissoudali Fransiyaning „Havre“ jamoasiga oʻtgan va u yerda oʻyin amaliyotiga ega boʻlish uchun zaxira jamoasida oʻynagan.

2017-yil boshida Tissoudali „Cambuur“ futbol klubiga ijaraga berilgan. 13-yanvar kuni „VVV-Venlo“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qilgan[2]. 21-yanvar kuni qarshi bahsda Tarik Tissoudali „Cambuur“ futbol klubi safida oʻzining birinchi golini raqib darvozasiga kiritgan[3].

Oʻsha yilning yozida Tissoudali „VVV-Venlo“ futbol klubiga ijaraga oʻtgan. 12-avgust kuni „SpartaRotterdam“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Erediviziyada debyut qilgan[4]. Oʻsha oʻyinda Tarik Tissoudali „VVV-Venlo“ jamoasi safida ilk golini urgan. 2018-yilning boshida Tissoudali „De Graafschap“ futbol klubiga ijaraga berilgan. 2-fevral kuni „Utrecht“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u yangi klub safida debyut qilgan[5]. Oʻsha oʻyinda Tarik „De Graafshap“ jamoasi safida birinchi golini raqib darvozasiga kiritgan. 9-aprel kuni „Almere City“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u xet-trik qayd etgan[6].

2018-yilning yozida Tissoudali Belgiyaning „Beerschot“ jamoasiga oʻtgan. 5-avgust kuni „Tubize“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Belgiya ikkinchi divizionida debyut qilgan[7]. Oʻsha oʻyinda Tarik Tissoudali „Beerschot“ futbol klubi safidagi birinchi golini urgan. 2020-yilda Tissoudali klubning elitaga chiqishiga yordam bergan. 10-avgust kuni „Oostende“ futbol klubiga qarshi oʻyinda debyut qilgan[8]. 2021-yil boshida Tissoudali „Gent“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan. 7-fevral kuni „Eupen“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qilgan[9]. Oʻsha oʻyinda Tarik Tissoudali „dubl“ni amalga oshirib, „Gent“ futbol klubi safida ilk gollarini urgan. 4-noyabr kuni Yevropa ligasi doirasida Serbiyaning „Partizan“ jamoasiga qarshi oʻyinda u gol urgan[10].

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tissoudali 2021-yilda Kamerunda boʻlib oʻtgan Afrika Millatlar Kubogida ishtirok etgan[11][12]. Turnirda Tarik Tissoudali Gana, Komor orollari, Gabon va Misr jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[13][14].






Statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoa Mavsum Liga Milliy kubok Xalqaro kubok Jami
Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
SV ArgonNiderlandlar bayrogʻi Niderlandiya 2011—2012 1 0 1 0
Jami 1 0 0 0 0 0 1 0
Sparta NijkerkNiderlandlar bayrogʻi Niderlandiya 2012—2013 0 0 2 0 2 0
Jami 0 0 2 0 0 0 2 0
SC TelstarNiderlandlar bayrogʻi Niderlandiya 2014—2015 37 4 1 0 38 4
2015—2016 36 19 2 0 38 19
Jami 73 23 3 0 0 0 76 23
Le Havre A. C. IIFransiya bayrogʻi Fransiya 2016—2017 9 2 9 2
Jami 9 2 0 0 0 0 9 2
SC CambuurNiderlandlar bayrogʻi Niderlandiya 2016—2017 18 7 4 0 22 7
Jami 18 7 4 0 0 0 22 7
VVV-VenloNiderlandlar bayrogʻi Niderlandiya 2017—2018 11 1 3 0 14 1
Jami 11 1 3 0 0 0 14 1
De GraafschapNiderlandlar bayrogʻi Niderlandiya 2017—2018 16 9 4 1 20 10
Jami 16 9 4 1 0 0 20 10
K Beerschot VABelgiya bayrogʻi Belgiya 2018—2019 34 7 3 0 37 7
2019—2020 20 5 2 0 22 5
2020—2021 19 8 19 8
Jami 73 20 5 0 0 0 78 20
K. A. A. GanteBelgiya bayrogʻi Belgiya 2020—2021 14 5 3 1 17 6
2021—2022 34 21 4 2 13 4 51 26
2022—2023 2 1 1 0 - - 3 1
Jami 50 26 8 3 13 4 71 33
Umumiy faoliyatida 251 88 29 4 13 4 293 96

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Аякс Амстердам II VS. Телстар 3:0“ (inglizcha). soccerway.com (11-avgust 2014-yil). 3-iyul 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-mart 2022-yil.
  2. „Камбюр VS. ВВВ-Венло 0:2“ (inglizcha). soccerway.com (13-yanvar 2017-yil). 10-mart 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-mart 2022-yil.
  3. „ПСВ II VS. Камбюр 0:2“ (inglizcha). soccerway.com (21-yanvar 2017-yil). 10-mart 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-mart 2022-yil.
  4. „ВВВ-Венло VS. Спарта Роттердам 3:0“ (inglizcha). soccerway.com (12-avgust 2017-yil). 18-sentabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-mart 2022-yil.
  5. „Де Графсхап VS. Утрехт II 7:0“ (inglizcha). soccerway.com (2-fevral 2018-yil). 10-mart 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-mart 2022-yil.
  6. „Де Графсхап VS. Алмере Сити 4:2“ (inglizcha). soccerway.com (9-aprel 2018-yil). 10-mart 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-mart 2022-yil.
  7. „Тюбиз VS. Беерсхот 3:3“ (inglizcha). soccerway.com (5-avgust 2018-yil). 10-mart 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-mart 2022-yil.
  8. „Остенде VS. Беерсхот 1:2“ (inglizcha). soccerway.com (10-avgust 2020-yil). 10-mart 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-mart 2022-yil.
  9. „Гент VS. Эйпен 2:2“ (inglizcha). soccerway.com (7-fevral 2021-yil). 10-mart 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-mart 2022-yil.
  10. „Гент VS. Партизан Белград 1:1“ (inglizcha). soccerway.com (4-noyabr 2021-yil). 10-mart 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-mart 2022-yil.
  11. „Египет VS. Марокко 2:1“ (inglizcha). soccerway.com (30-yanvar 2022-yil). 31-yanvar 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-mart 2022-yil.
  12. „Марокко VS. Гана 1:0“ (inglizcha). soccerway.com (10-yanvar 2022-yil). 5-fevral 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-mart 2022-yil.
  13. „Марокко VS. Коморы 2:0“ (inglizcha). soccerway.com (14-yanvar 2022-yil). 14-yanvar 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-mart 2022-yil.
  14. „Габон VS. Марокко 2:2“ (inglizcha). soccerway.com (18-yanvar 2022-yil). 24-yanvar 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-mart 2022-yil.