Taraflar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Taraflar (huquqda) — fuqarolik protsessida fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarda muayyan huquq kimga tegishli ekanligi yuzasidan nizolashayotgan jismoniy yoki yuridik shaxslar. Fuqarolik ishlarini sudda koʻrib hal qilish jarayonida 2 taraf: daʼvogar va javobgar ishtirok etadi. T.ning protsessual huquqlari va majburiyatlari Oʻzbekiston Respublikasining FPKda (40modda) belgilab berilgan. T. fuqarolik protsessual muomala layoqatiga (FPKning 38moddasi), yaʼni sudda oʻz huquq va majburiyatlarini amalga oshirish layoqatiga ega boʻlishi lozim. Bunday layokatga voyaga yetgan (18 yoshga toʻlgan) muomala layoqati cheklanmagan fukarolar ega boʻladi. Voyaga yetmagan yeki muomala layeqati cheklangan shaxslarning huquqlari ularning qonuniy vakillari, homiy va vasiylik organlari, boshqa vakolatli organlar tomonidan sudda himoya kilinadi. Mehnat bilan bogʻliq nizolarda va belgilangan tartibda toʻla muomalaga layoqatli deb topilgan hollarda 16 yoshga toʻlgan fuqarolar ham oʻz huquklarini sudda oʻzi himoya qilishi mumkin. 14 yoshga toʻlmagan fuqaroning , shuningdek, ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi sababli muomala layoqatiga ega emas deb topilgan shaxslarning huquqlari sudda ularning otaonalari va boshqa qonuniy vakillari tomonidan himoya qilinadi. Daʼvogar — daʼvo takdim etish, uning predmetini oʻzgartirish, daʼvodan voz kechish, kelishuv bitimi tuzish kabi, javobgar esa — daʼvoni tan olish, dalil takdim etish, qarshi daʼvo qoʻzgʻatish va h.k. protsessual huquqlarga ega. Qonun ular zimmasiga oʻz protsessual ququqlaridan insof bilan foydalanish, qonunni buzmaslik, sud farmoyishlarini soʻzsiz bajarish kabi qator majburiyatlarni ham yuklaydi. Muayyan hollarda qonun davlat muassasalari, jamoat birlashmalari, ayrim mansabdor shaxslarga va ayrim fuqarolarga oʻzga shaxslarning huquqlari hamda manfaatlarini himoya qilish maqsadida sudda daʼvo qoʻzgʻash va ishtirok etish vakolatini beradi (FPKning 46—49moddalari).

Jinoyat protsessida T. sifatida sud jarayonida ishtirok etadigan va oʻz huquq hamda manfaatlarini himoya qilish maqsadida dalillarni tekshirishda qatnashadigan, dalillar taqdim qila oladigan, boshqa taraf xulosalari yuzasidan nizolashadigan, shikoyatlar qila oladigan va boshqa jinoiy protsessual vakolatlarga ega boʻlgan shaxslar qatnashadi. Jinoyat protsessida taraf sifatida sudlanuvchi, uning qonuniy vakili va himoyachisi, davlat ayblovchisi (prokuror), ish yuzasidan jabrlanuvchi shaxs, fuqarolik daʼvogari hamda ularning manfaatlarini sudda himoya qiluvchi qonuniy vakillari ishtirok etadi. Ularning jinoyat protsessidagi protsessual huquqlari va majburiyatlari jinoyat protsessual qonunchiligida belgilab qoʻyilgan.

Xoʻjalik protsessida oʻz huquklari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini qimoya qilish maqsadida daʼvo takdim etayotgan yoki manfaatini koʻzlab daʼvo takdim etilgan tashkilot va boshqa xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar (shu jumladan, yuridik shaxs tashkil etmagan yakka tadbirkorlar) T. sanaladi. Xoʻjalik ishlari boʻyicha protsessual huquq va majburiyatlar Oʻzbekiston Respublikasi XPKda belgilangan (35— 36moddalar).

Yoʻldosh Tursunov.