Tanisha Wright

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tanisha Wright

Wright 2018-yilda
Atlanta Dream
Pozitsiyasi Bosh murabbiy
Liga WNBA
Shaxsiy maʼlumot
Tavalludi 29-noyabr 1983-yil (1983-11-29) (40 yosh)
Brooklyn, New York
Millati Amerikalik
Boʻyi 5 ft 11 in (1.80 m)
Karyera maʼlumoti
Maktab G'arbiy Mifflin
(West Mifflin, Pennsylvania)
Kollej Penn State (2001-2005)
WNBA drafti 2005 / Tur: 1 / Tanlash: 12- overall
Seattle Storm tomonidan tanlangan
Oʻyin karyerasi 2005-2019
Pozitsiyasi Himoyachi
Raqami 30
Statistikalar WNBA.com saytida
Statistikalar Basketball-Reference.com saytida

Tanisha Lovely Wright (talaffuzi: Tanisha Rayt; 1983-yil 29-noyabrda tugʻilgan) — amerikalik basketbol murabbiyi va sobiq basketbolchi. Wright hozirda WNBAning Atlanta Dream jamoasida bosh murabbiy sifatida faoliyat olib bormoqda. U murabbiylik faoliyatini Charlotte jamoasida yordamchi murabbiy sifatida boshlagan[1]. Oʻyinchi sifatida Wright Seattle Storm, New York Liberty va Minnesota Lynx jamoalarida 14 ta WNBA mavsumida oʻynagan. U Penn State jamoasida 134 oʻyinda 1995 ball bilan maktab tarixida toʻrtinchi oʻrinni egallagan.

Oliy maktab faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Wright Gʻarbiy Mifflin shahrida tugʻilgan va Pittsburgh shahri chetidagi Gʻarbiy Mifflindagi oʻrta maktabda oʻqigan. Maktab davrida u, basketbol va futbol jamoalarida oʻynagan. Wright jamoani WPIAL (Gʻarbiy Pennsylvania Interscholastic Athletic Ligasi) basketbol okrugi finaliga olib chiqqan. Jamoa Triple Overtimeda Blackhawk oʻrta maktabi jamoasiga 81-78 hisobida yutqazgan. Tanisha soʻnggi qoʻshimcha taymning birinchi daqiqalarida qoʻpollik ishlatgan. U 51 ochko bilan oʻyinda peshqadamlik qilgan. Keyingi mavsumda oʻz jamoasini yana finalga olib chiqqan va u yerda 63-53 hisobida gʻalaba qozongan. Tnish oʻz jamoasini shtat finaliga ham olib chiqqan, u yerda ular Allentown markaziy katolik oʻrta maktabi jamoasiga 56-45 hisobida magʻlub boʻlishgan.

Kollej jamoasidagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fasllar Kollej
2001—2005 Penn State universiteti

Penn State universiteti jamoasidagi faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manba[2]

Jadval tavsifi
  GP Oʻynalgan oʻyinlar   GS  Oʻyinlar boshlanishi  MPG  Oʻyin uchun daqiqalar
 FG%  Maydondagi gollar foizi  3P%  Uch ochkoli gollar foizi  FT%  Erkin to'p otish foizi
 RPG  Har bir oʻyindagi rebound (basketbol)  APG  Har bir oʻyin uchun Assist (basketbol)  SPG  Har bir oʻyin uchun
to'p saqlash (basketbol)
 BPG  Har bir oʻyin uchun bloklar (basketbol)  PPG  Oʻyin uchun ochko  Bold  Karyera
Yil Jamoa GP Ballar FG% 3P% FT% RPG APG SPG BPG PPG
2001—2002 Penn State    35 355 45.4 10.5 78.2 4.0 2.8 1.8 0,6 10.1
2002—2003 Penn State    35 560 50.7 25.0 76.2 5.4 4.0 2.6 0,5 16.0
2003—2004 Penn State    34 502 48.3 25.0 83.2 4.7 4.1 1.7 0.3 14.8
2004—2005 Penn State    30 578 41.4 20.0 80.3 4.5 3.6 1.9 0.4 19.3
Jami ochkolari Penn State    134 1995 46.3 20.0 79.5 4.6 3.6 2.0 0,5 14.9

WNBAdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fasllar Jamoa
2005—2014 Seattle Storm
2015—2016 New York Liberty
2018—2019 Minnesota Lynx

Wright Seattle Hurricanes jamoasiga 2010-yilda ikkinchi chempionlikni qoʻlga kiritishga yordam bergan[3]. 2015-yil 2-fevralda Wright New York Liberty jamoasi bilan erkin agent sifatida shartnoma imzolashga muvaffaq boʻlgan. Wright 2017-yilgi WNBA mavsumida ishtirok etishi eʼlon qiligan[4]. 2018-yil 13-martda u Minnesota Lynx bilan erkin agent shartnomasini imzolagan[5]. Wright 2019-yil 11-aprelda New York Liberty klubiga 2020-yilgi WNBA draftda ikkinchi bosqich tanlovi bilan almashtirilgan. 2019-yilgi mavsumdan soʻng Wright nafaqaga chiqqanini eʼlon qilgan.

Murabbiylik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Las Vegas Aces jamoasi 2020-yilda Wrightni yordamchi murabbiy sifatida yollashini eʼlon qilgan[6]. Wright himoyachi mutaxassis sifatida tanilgan va Acesni ligadagi eng yaxshi himoya jamoalaridan biriga aylantirishga yordam bergan.

Bosh murabbiy[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yil 12-oktyabrda Wright „Atlanta Dream“ jamoasi bosh murabbiyi sifatida eʼlon qilingan.

Chet eldagi jamoalaridagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fasllar Jamoa Mamlakat
2007—2008 Hapoel Tel Aviv B. C. Isroil bayrogʻi Isroil
2008—2009 Tarbes GB Fransiya bayrogʻi Fransiya
2009—2010 Lotos VBW Clima Gdynia Polsha bayrogʻi Polsha
2010—2011 Elitzur Ramla Isroil bayrogʻi Isroil
2013—2015-yillar
2016 — hozirgi kungacha
Abdullah Gul University Kayseri Isroil bayrogʻi Isroil

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Aces Finalize 2020 Coaching Staff As 14-Year WNBA Veteran Tanisha Wright Joins Laimbeer, Johnson“. WNBA.com (2020-yil 13-may). Qaraldi: 2021-yil 14-fevral.
  2. „Women's Basketball Player stats“. NCAA. Qaraldi: 2015-yil 26-sentyabr.
  3. Voepel. „Second title even sweeter for Storm“. ESPN (2010-yil 16-sentyabr). Qaraldi: 2010-yil 17-sentyabr.
  4. „WNBA: Wright to rest, will miss upcoming season“. Swish Appeal. Qaraldi: 2017-yil 30-avgust.
  5. Andrews, Julian. „Tanisha Wright To Bring Defensive Grit To Lynx“. lynx.wnba.com (2018-yil 14-mart). Qaraldi: 2018-yil 24-mart.
  6. Destin, Andrew. „Former Penn State women's basketball star hired as WNBA assistant“. Daily Collegian (2020-yil 13-may). Qaraldi: 2020-yil 14-may.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]