Pitsburg
Pitsburg — AQShning shim.-sharqiy qismidagi shahar. Pensilvaniya shtatida. Aholisi 334,5 ming kishi (2000). Transport yoʻllari tuguni. Ogayo daryosi boʻyidagi port (yiliga 30 mln. t yuk ortib-tushiriladi). Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. P. — mamlakatning yirik savdomoliya va ogʻir sanoat markazlaridan. Qora va rangli metallurgiya, ogʻir mashinasozlik va me-tallsozlik rivojlangan. Metallurgiya sanoati va temir yoʻl transporti uchun jihozlar, koʻprik konstruksiyalari, quvurlar, tibbiyot asbobuskunalari va hokazo ishlab chiqariladi. Elektrotexnika, radioelektronika, stanoksozlik, avtomobilsozlik sanoati korxonalari mavjud. Oynashisha, sement, kimyo, poligrafiya, oziq-ovqat korxonalari ishlab turibdi. Shahar yaqinida toshkoʻmir qazib olinadi. AQShda birinchi AES qurilgan. Un-t, Karnegi texnologiya instituti, kartinalar galereyasi bor. Shaharga 1758-yilda asos solingan.[1]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |