Tanganika

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tanganika — Afrikadagi koʻl, Kongo Demokratax Respublikasi, Tanzaniya, Zambiya va Burundi hududlarida. Maydoni 34 ming km². Sharqiy Afrika yoriklari zonasidagi tektonik botiqda, 773 m balandlikda. Uz. 650 km, eni 80 km gacha, eng chuqur joyi 1470 m (chuqurligi boʻyicha Baykal koʻlidan keyin 2oʻrinda). Qirgʻokdari tekis, baʼzi joylarda baland va tik. T.ga Malagarasi va Ruzizi daryolari quyiladi. Lukuga va Lualaba daryolari opkali oqib chiqadi. Koʻl suvi chuchuk. Faunasi endemiklarga juda boy. Begemot, timsoh, suzuvchi parrandalar turi koʻp. Atrofida milliy bogʻlar tashkil etilgan. Baliq ovlanadi. Kema qatnaydi. Portlari: Kigoma, Bujumbura, Kalima. T.ga yevropaliklardan birinchi boʻlib 1858 yilda ingliz sayyoxlari R.Byorton va J.Spik borganlar.