Tanakoʻzi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Tanakoʻzi — xoʻraki, mayizbop uzum navi. Tupi kuchli oʻsadi. Bargi oʻrtacha, besh boʻlmali, orqasi siyrak tukli. Guli ikki jinsli. Uzum boshi katta (boʻyi 18—22 sm, eni 6—9 sm), silindrsimon, oʻrtacha tigʻiz, gʻujumi yirik, dumaloq. Iyulda pishadi. Tarkibida oʻrtacha 20% qand, 5% kislota bor. Hosildorligi 110—150 s/ga. Oʻzbekistonning koʻpgina viloyatlarida tomorqa bogʻlarda oʻstiriladi.