Tan olish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Tan olish, xalqaro huquqiy tan olish — yangi davlatlar yoki hukumatlar yoxud boshqa organlarni mavjud davlatlar tomonidan xalqaro huquqqa muvofiq tan olish; bu hol ana shu davlatlar yoki hukumatlar yoxud boshka organlar bilan rasmiy yoki norasmiy, toʻla yoki qisman, doimiy yoki vaqtinchalik munosabatlar oʻrnatish imkonini beradi. Xalqaro huquqiy Tan olishning turli koʻrinishlari bor: davlatni Tan olish, hukumatni Tan olish, qoʻzgʻolon koʻtargan tomonni Tan olish, milliy ozodlik organlarini Tan olish, qarshilik koʻrsatish organlarini Tan olish va boshqa Xoz. diplomatiya amaliyotida u yo bu mamlakat hukumatlari bilan mavjud davlatning yangi hukumati yoxud yangi paydo boʻlgan davlat hukumati bilan diplomatik munosabatlar oʻrnatish yoki diplomatik munosabat oʻrnatishga rozilik berish bunday Tan olishning keng tarkalgan shakli hisoblanadi. Xalqaro huquqiy Tan olishning asosiy shakllari deyure va defaktoinr. Bironbir shartlarsiz rasman Tan olish toʻgʻrisida, deyure va defakto Tan olish toʻgʻrisida, diplomatik munosabatlar oʻrnatish yoki bunday munosabatlar oʻrnatishga rozi boʻlish toʻgʻrisida bayonot berish rasmiy tan olish hisoblanadi. Muayyan mamlakat hukumatining boshqa mamlakatning rasmiy tan olinmagan qukumati bilan aloqa oʻrnatishi, bir-birini tan olmaydigan davlatlarning xalqaro anjumanlar yoki xalqaro tashkilotlar doirasida hamkorlik qilishi norasmiy Tan olishni bildiradi. Mustaqillikni qoʻlga kiritgan Oʻzbekiston Respublikasini jahonning 160 dan ortiq davlati tan oldi. Mamlakatimiz bilan 120 dan ortiq davlat diplomatik aloqa oʻrnatgan.