Tamara Yunusova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tamara Yunusovna (1937.19.11, Toshkent 2005.25.1) — raqqosa. Oʻzbekiston xalq artisti (1973). Toshkent xoreografiya bilim yurtini tugatgan (1954). 1954—57 yillar Oʻzbek davlat estradasi, 1957—71 yillar "Bahor" ansambli, 1971—86 yillar "Oʻzbekkonsert", 1986—89 yillar Oʻzbek davlat filarmoniyasida ishlagan. Uning raqslari yengil va yaxlit harakatlari, inson ichki kechinmalarini nafis va serjilo harakatlarda ifodalay olish, oʻziga xos xiromi bilan ajralib turadi. Uning repertuaridan mumtoz va zamonaviy ("Tanavor", "Shoʻx qiz", "Bahor tongi", "Rohat", "Pilla", "Nay yallasi", "Zavqim kelur", "Uchrashuv" va boshqalar) hamda tojik, qozoq, rus, hind, arab, yapon va boshqalar xalqlar raqslari oʻrin olgan. 5-(Varshava, 1955), 6-(Moskva, 1957), 8-(Xelsinki, 1962) jahon yoshlari festivallari laureati.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil