Kontent qismiga oʻtish

Tamara Solomonova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tamara Yevgenyevna Solomonova (1927.9.7, Toshkent) — musiqashunos, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1977), professor (1981). Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1952). R.Glier nomidagi musiqa maktabi (1952—56), Hamza nomidagi musiqa bilim yurti (1955—63), Toshkent konservatoriyasi (1963-yildan)da pedagog, ilmiy ishlar boʻyicha prorektor (1973—89), kafedra mudiri (1989—98). Ilmiy faoliyati oʻzbek anʼanaviy musiqasining ritm masalalariga bagʻishlangan, 20-asr Oʻzbekiston musiqa tarixiga bagʻishlangan ilmiy, ilmiyuslubiy va Markaziy Osiyo musiqasiga doir ommabop darslik va toʻplamlar tuzuvchisi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil