Talimarjon shahri

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Talimarjon shahri — Qashqadaryo viloyati Nishon tumanidagi shahar. U Qarshi choʻlini oʻzlashtirish maqsadida Qarshi magistral kanali hamda Talimarjon suv ombori evaziga qurilgan shahar boʻlib, 1975 — yil 14-aprelda Talimarjon „shahar“ maqomini olgan. Yer maydoni — 272 km.kv. aholi soni 11,7 mingdan ortiq (2021). Shundan 10668 nafarini oʻzbeklar, 707 nafarini tojiklar, 59 nafarini ruslar, 191 nafarini turkmanlar, 40 nafarini tatarlar va 35 nafarini boshqa millatlar tashkil qiladi. 1963-yildan 1969-yilgacha keng koʻlamdagi koʻp qavatli va xonadonlar qurilgan boʻlib, 1975-yilga qadar aholi asosiy qurilish, taʼmirlash, kanaldan suv chiqarish ishlarini amalga oshirgan va Talimarjon suv ombori barpo etilgan. Talimarjon suv ombori Qashqadaryo choʻlini oʻzlashtirish maqsadida Amudaryodan 156 metr balandlikdagi omborga suv yetkazadi. U yerda 7 ta nasos stansiyasi boʻlib har bir nasos stansiyasida 7 tagacha Oʻzbekiston hududidagi eng katta va yirik nasoslar joylashtirilgan. Har bir nasos 1 sekundda 40 kub suv haydash quvvatiga ega. Bu juda katta hajm boʻlib, ular Qashqadaryoni 7 ta tumanini va Buxoroni bitta tumanini sugʻorish va suv bilan taʼminlash uchun foydalaniladi va shu choʻlni oʻzlashtirilishda Qashqadaryo kanallari asosiy qon tomir vazifasini bajaradi.

Talimarjonda 4 ta mahalla fuqarolar yigʻini — „Doʻstlik“, „Tinchlik“, „Obi-hayot“ va „Obod“ mahallalari faoliyat olib boradi. Bundan tashqari, u 3 ta maktab (4-umumiy oʻrta taʼlim maktabi 640 oʻrinli (1095 nafar oʻquvchi), 34-umumiy oʻrta taʼlim maktabi 216 oʻrinli (526 nafar oʻquvchi), 39-umumiy oʻrta taʼlim maktabi (260 nafar oʻquvchi); 1 ta ixtisoslashtirilgan maktab (13-sonli "Bolalar musiqa va sanʼat maktabi); 3 ta maktabgacha taʼlim muassasasi (19-MTM 140 oʻrinli 9150 nafar tarbiyalanuvchi, 20-MTM 280-oʻrinli (275 nafar tarbiyalanuvchi, Davlat xususiy sherikchiligidagi MTM; 1 ta shifoxona (Talimarjon shifoxonasi); 4 ta dorixona (1 ta ijtimoiy, 3 ta xususiy); 1 ta bolalar va oʻsmirlar sport maktabi; 4 ta Xususiy va uy-joy mulkdorlar shirkati; 1 ta masjid; 2 ta qabristondan tashkil topgan.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

https://qashqadaryo.uz/oz/nview/talimarjon-obod-shaharga-aylanadi-21-04 https://yuz.uz/uz/news/talimarjon-yanada-obod-goshaga-aylandi