Talas (Qozogʻiston)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Tuman
Talas
Mamlakat Qozogʻiston
Viloyat Jambul viloyati
Koordinatalari 43°10′0″N 70°28′0″E / 43.16667°N 70.46667°E / 43.16667; 70.46667Koordinatalari: 43°10′0″N 70°28′0″E / 43.16667°N 70.46667°E / 43.16667; 70.46667
Asos solingan 1928
Maydoni 12,2 ming km²
Rasmiy tili qozoqcha
Aholisi 51 168[1] nafar (2011)
Zichlik 4,4 kishi/km²
Milliy tarkibi Qozoqlar - 81,4%
Ruslar - 10,2%
Vaqt mintaqasi UTC+6
Telefon kodi +77
Pochta indeksi 1
Avtomobil kodi H
Talas (Qozogʻiston) (Qozogʻiston)
Talas

Talas tumani — Jambul viloyatining janubiy-gʻarbida joylashgan. 1928-yili tashkil topgan. Hududi 12,2 ming km². Aholisi 51 168 kishi (2011). Tuman markazi — Qoratov shahri Tarazdan shimoliy-gʻarbga tomon 105 km masofada joylashgan.

Daryo va koʻllari[tahrir]

Tuman eridan Talas, Asa, Koʻktal, Tamdi daryolari oqib oʻtadi. Bilikoʻl, Aqkoʻl, Aqjar, Ashikoʻl, Tuzdikoʻl koʻllari ham mavjud.

Aholisi[tahrir]

Tumanning asosiy qismini qozoqlar tashkil qiladi (81,4 %). Ulardan boʻlak: ruslar (10,2 %), ukrainlar, kurdlar, olmonlar, v.h. millat vakillari bor. Aholining zichligi 1 km²-ga 4,4 kishidan toʻgʻri keladi. Aholining asosiy qismi janubiy, janubiy-gʻarb va Talas daryosining qirgʻoqlarida istiqomat qilishadi. Bu hududlarda 1 km²-ga 13 — 15 kishidan toʻgʻri keladi.

Katta qishloqlari:
Qishloq nomi Aholisi
Qoratov shahari 28,3 ming
Aqkoʻl 3,1 ming
Oʻyiq 2,8 ming
Usharal 1,9 ming
Shakirov 1,6 ming
Aqqum 1,4 ming

Ijtimiy binolari[tahrir]

Tumanda umumiy bilim beruvchi 39 maktab, 1 kolledj, 1 bolabogʻcha, 7 klub, 16 kutubxona, 1 muzey, 2 kasalxona, 11 mechit, 3 shifoxona, 6 feldsh.-akusher punkt, 12 feldsher punkt, 5 oilaviy-shifokorlik ambulatoriya va sanatoriy bor.

Manbalar[tahrir]