Talabaga yoʻnaltirilgan taʼlim
Talabaga yoʻnalitirilgan taʼlim (inglizcha: „Student-centered learning“ yoki „learner-centered education“) – talabaning fikrlash va harakat strategiyasini inobatga olgan holda uning shaxsi, oʻziga xos xususiyatlari, qobiliyatini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan taʼlim[1]. Dastlabki qoʻllanishida, oʻrganuvchiga yoʻnaltirilgan taʼlim oʻrganuvchilar avtonomiyasi va mustaqilligini rivojlantirishni maqsad qilgan[2]. Bu oʻquv jarayoni uchun mas’uliyatni oʻrganuvchilar zimmasiga yuklash, ularga maʼlum bir fanni oʻrganish usullarini oʻrgatish hamda muayyan talablarga javob berish uchun zarur boʻlgan koʻnikmalar va sxemalarni shakllantirishni nazarda tutadi[3][4][5]. oʻrganuvchiga yoʻnaltirilgan taʼlim uzluksiz taʼlim va mustaqil ravishda muammolarni hal qilish imkonini beradigan koʻnikmalar va amaliyotlarga eʼtibor qaratadi[6]. oʻrganuvchiga yoʻnaltirilgan taʼlim nazariyasi va amaliyoti konstruktivistik taʼlim nazariyasiga asoslanadi. Bu nazariya yangi maʼlumotlar va oldingi tajribadan maʼno yaratishda oʻrganuvchining hal qiluvchi rolini taʼkidlaydi.
Oʻrganuvchiga yoʻnaltirilgan taʼlim oʻrganuvchilarning manfaatlarini birinchi oʻringa qoʻyadi va talabalar fikri taʼlim jarayonining markaziy qismi sifatida tan olinadi. Oʻrganuvchiga yoʻnaltirilgan taʼlim muhitida oʻrganuvchilar nimani oʻrganishni, oʻz taʼlimini qanday sur’atda olib borishni[7] va sinfning yordamchisi rolini oʻynab, oʻz bilimlarini qanday baholashni oʻzlari tanlaydilar[5]. Bu anʼanaviy taʼlimdan, yaʼni „oʻqituvchiga yoʻnaltirilgan taʼlim“dan (inglizcha: teacher-centered learning) farq qiladi. Anʼanaviy taʼlimda oʻqituvchi asosan „faol“ rolida, oʻrganuvchilar esa koʻproq „passiv“, qabul qiluvchi rolida boʻladi. Oʻqituvchiga yoʻnaltirilgan sinfda oʻqituvchilar oʻrganuvchilar nimani oʻrganishini, qanday oʻrganishini va ularning bilimlarini qanday baholashni belgilaydi. Buning aksi oʻlaroq, oʻrganuvchiga yoʻnaltirilgan taʼlim oʻrganuvchilardan oʻz taʼlimida faol, mas’uliyatli ishtirokchi boʻlishni va oʻz oʻrganish sur’atini belgilashni talab etadi[8].
„Oʻrganuvchiga yoʻnaltirilgan taʼlim“ atamasidan foydalanish, shunchaki oʻrganuvchilardagi individual farqlarni tan oladigan taʼlim tafakkuri yoki oʻqitish usullariga ishora qilishi mumkin[9]. Bu maʼnoda, oʻrganuvchiga yoʻnaltirilgan taʼlim har bir oʻrganuvchining qiziqishlari, qobiliyatlari va oʻrganish uslublariga eʼtibor qaratadi. Bunda oʻqituvchi butun sinf uchun emas, balki alohida shaxslar uchun oʻrganish jarayonini osonlashtiruvchi vazifasini bajaradi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ B. A. Odilov. Antropologiya va etnologik tadqiqot usullari, Toshkent, 2021.
- ↑ Jones, Leo. (2007). The Student-Centered Classroom. Cambridge University Press.
- ↑ Rogers, C. R. (1983). Freedom to Learn for the 80’s. New York: Charles E. Merrill Publishing Company, A Bell & Howell Company.
- ↑ Pedersen, S., & Liu, M. (2003). Teachers' beliefs about issues in the implementation of a student-centered learning environment. Educational Technology Research and Development, 51(2), 57-76.
- ↑ 5,0 5,1 Hannafin, M. J.; Hannafin, K. M. „Cognition and Student-Centered, Web-Based Learning: Issues and Implications for Research and Theory“. Learning and Instruction in the Digital Age. Springer US (2010). 2021-yil 11-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ Young, Lynne E.; Paterson, Barbara L.. Teaching Nursing: Developing a Student-centered Learning Environment, 2007 — 5-bet. ISBN 978-0781757720.
- ↑ Crumly, Cari; Dietz, Pamela; d’Angelo, Sarah. Pedagogies for Student-Centered Learning: Online and On-Ground. Augsburg Fortress Publishers, 2014-11-01. DOI:10.2307/j.ctt9m0skc.5. ISBN 978-1-4514-8953-8.
- ↑ Johnson, Eli. The Student Centered Classroom: Vol 1: Social Studies and History, 2013 — 19-bet. ISBN 978-1317919490.
- ↑ Student-Centered Learning. (2014). Education Reform Glossary. http://edglossary.org/student-centered-learning/
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |