Taksodi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Taksodi, botqoq sarv (Taxodium) — taksodidoshlar oilasiga mansub barg toʻkadigan ignabargli daraxtlar turkumi. Bal. 30–50 m, tana diametri 12 m gacha boradi. Ignabargi mayin, tasmasimon, uchli, uz. 9–15 mm, kengligi 1–2 mm, oktabr oyida sargʻayib, kuz va qishda toʻkiladi. Shoxshabbasi piramidasimon, nafis, pastga egilgan. Poʻstlogʻi qizgʻishqoʻngʻir. 500 yildan koʻproq yashaydi. Yorugsevar oʻsimlik, tez usadi. 10y.dan boshlab gullaydi va meva beradi. Urugʻi va kalamchasidan koʻpayadi. Oddiy botqoq sarv (T. distichum) va Meksika T. (T. mucronatum) turlari bor. Shimoliy Amerikaning jan.sharqida botqoqlar va dengiz boʻylarida, 1400 – 2300 m baland togʻlarda oʻrmonlar hosil qilib oʻsadi. Manzarali daraxt sifatida jahondagi koʻpgina mamlakatlarda, shu jumladan, Kavkazning Qora dengiz boʻylarida, Ukrainaning janubigʻarbiy qismi, Oʻrta Osiyoda ekiladi. Yogʻochi chirishga bardoshli, qurilishda, mebel va turli asboblar yasashda ishlatiladi.