Takashi Aizawa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Takashi Aizawa (yaponcha: 相澤 貴志 , 1982-yil 5-yanvarda tugʻilgan) — yaponiyalik sobiq futbolchi.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aizawa 1982-yil 5-yanvarda Niigata shahrida tug'ilgan. O'rta maktabni tugatgandan so'ng, u 2000-yilda J1 ligasiningKawasaki Frontale klubiga kelib qo'shilgan. Ammo u 2000-yilgi o'yinda umuman o'yinga tushmagan va komandasi 2001-yilgi mavsumda J2 ligasiga tushib ketgan. 2001-yilning yozida u ko'plab o'yinlarda qatnashgan bo'lsa-da, 2004-yilgacha Takeshi Urakami va Shinya Yoshihara borligi sababli zaxira o'rinig'ida o'tirishga majbur bo'lgan. Klub 2004-yilda chempionlikni qo'lga kiritgan va 2005-yilga kelib J1 ligaga ko'tarilgan. 2005-yildan boshlab u Yoshihara bilan bu pozitsiya uchun raqobarga kirishgan va 2005-yil iyul oyidan boshlab darvozabonlik qila boshlagan. Biroq, u 2006-yil sentyabr oyida Yoshiharaning o'rniga zaxira o'rindig'ida qoldi. 2007-yilgi mavsumda esa yangi a'zo Eiji Kavashima kelganligi sababdan yana zaxirada qolib ketgan. U Xiromasa Yamamoto bilan pozitsiya uchun kurashgan va ko'plab o'yinlarda qatnashgan. 2009-yilda u Kawasaki Frontale klubiga qaytgan. U 2010-yilning mayigacha Kavashima soyasida qolib ketib o'ynay olmagan bo'lsa-da, iyul oyidan boshlab u asosiy darvozabonga aylangan, Kavashima esa Belgiyaga ko'chib ketgan. 2012-yilda u J2 ligasining Machida Zelvia klubiga o'tgan. Garchi u 2012-yilning apreligacha asosiy o'yinchi bo'lsa-da, aprel oyidan boshlab Tomoxito Shugyo o'rniga zaxirada qolgan va klub 2013-yildan boshlab Yaponiya futbol ligasiga tushib ketgan. 2013-yilda u asosiy darvozabon sifatida ko'plab o'yinlarda ishtirok etgan. 2014-yilda u J1 ligasining Shimizu S-Pulse klubiga o'tgan. Ammo u yana Masatoshi Kushibiki o'rniga zaxirada qolgan. 2015-yilda u J2 ligasining Tokushima Vortis klubiga o'tgan. U 2017-yil oxirida faoliyatini yakunlagan.

Klub statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

[1]

Klub faoliyati Liga Kubok Liga kubogi Mintaqa Jami
Mavsum Klub O'yin Gol O'yin Gol O'yin Gol O'yin Gol O'yin Gol
Yaponiya Liga Imperator kubogi Liga kubogi Osiyo Jami
2000 Kawasaki Frontale 0 0 0 0 0 0 - 0 0
2001 9 0 0 0 0 0 - 9 0
2002 0 0 0 0 - - 0 0
2003 0 0 0 0 - - 0 0
2004 0 0 0 0 - - 0 0
2005 22 0 3 0 2 0 - 27 0
2006 24 0 0 0 9 0 - 33 0
2007 0 0 0 0 2 0 1 0 3 0
2008 Cerezo Osaka 26 0 0 0 - - 26 0
2009 Kawasaki Frontale 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0
2010 23 0 3 0 4 0 0 0 30 0
2011 17 0 0 0 1 0 18 0
2012 Machida Zelvia 9 0 1 0 10 0
2013 31 0 0 0 31 0
2014 Shimizu S-Pulse 5 0 1 0 1 0 7 0
2015 Tokushima Vortis 5 0 0 0 5 0
2016 12 0 2 0 14 0
2017 0 0 0 0 0 0
Umumiy faoliyati 183 0 10 0 19 0 1 0 213 0

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Tokushima Vortis (Wayback Machine saytida 2023-09-29 sanasida arxivlangan)(yaponcha)