Taiz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Taiz, Taizz — Yaman Respublikasining jan. qismidagi shahar. Taiz viloyatining maʼmuriy markazi. Sabr togʻlari etagida, 1200 m balandlikda joylashgan. Aholisi 318 ming kishi (1990y.lar oʻrtalari). Mamlakatning jan. qismidagi savdotransport markazi. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Plastmassa va alyuminiydan turli buyumlar, metall idishlar ishlab chiqariladi. Oziq-ovqat korxonalari mavjud. Hunarmandchilik rivojlangan.

T. oʻrta asrlarda Yamanning yirik savdo shaharlaridan biri edi. 18-asrga kelib oʻz mavqeini yoʻqotdi. 1962-yilgacha Yaman imomining qarorgohi boʻlgan. Meʼmoriy yodgorliklardan alMuzaffar mayejidi (13—14-asrlar), alAshrafiya mayejidi (13-asr) hamda shahar devori va boshqa saqlangan.