Tadeush Kostyushko

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Tadeush Kostyushko (Kosciuszko) (1746-1817) - 1794-yildagi Polsha qoʻzgʻoloni rahbari. K. Varshava Ritsarlik maktabi (1765—69) da, Parij harbiy akademiyasi (1769 — 74) da oʻqigan; 1774-yilda Polilaga qaytib kelgan. K. Shimoliy Amerikada mustaqillik uchun boʻlgan urush qatnashchisi (1775—83). Polanets universal i (barshchinani kamaytirgan, dehqonlarga shaxsiy erkinlik vaʼda qilgan)ni nashr etgan (1794). K. Matseyovitsa boʻsagʻasidagi jangda yaralangan va podsho qoʻshinlari tomonidan asirga olinib, Petropavlovsk qalʼasiga qamalgan. 1796-yilda 12 ming polyak asirlari katorida uni podsho Pavel I ozod qilgan. U AQShda va Parijda yashagan (1798). K. Napoleon va Aleksandr ularning polyak legionlariga qoʻmondonlik qilish taqliflariga rad javobini bergan. K. polyak xalqining mustaqillik uchun kurash dasturini tuzgan (1800). K. Shveysariyada vafot etgan, jasadining kuli Krakov shahriga keltirilgan. K.ga Polsha va AQShning koʻp shaharlarida haykallar qoʻyilgan. Avstraliyaning eng baland togʻi — K. nomi bilan atalgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil