Tabun 2n P cn
Qiyofa
Tabun (nemischa Tabun) (CH3)2N (C2H5O)P(O)CN — sianofosfat kislota dimetilamidining etil efiri. Mol. m. 162,13. Rangsiz suyuqlik; suyuqlanish temperaturasi —50°, qaynash temperaturasi 230° ga yaqin (parchalanadi), uchuvchan, zichligi 1087 kg/m³ (20° da). Suvda oz, organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Fosfor oksixlorid ROS13 ga dimetilamin gidroxlorid, etil spirti va kaliy sianid taʼsir ettirib olinadi. Tabun nervni falajlaydigan zaharlovchi modda. Havodagi miqdori 0,3 mg/l boʻlganda 1 min.da, 0,01 mg/l boʻlganda 2 min.da, konsentratsiyasi 50 — 70 mg/kg li suyuq tomchi holdagisi teriga tekkanda kuchli zaharlanish roʻy beradi va oʻlimga olib keladi. Tabundan saqlanishda protivogaz va himoya kiyimi kiyish zarur.
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |