Tabiiy ftoridlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Tabiiy ftoridlar - minerallar kichik sinfi, ftorli vodorod kislotasining oddiy va qoʻshaloq tuzlari. Turli tasnif boʻyicha 50 tacha mineral turini oʻz ichiga oladi; asosiylari flyuorit va kriolit. Tabiiy ftoridlar Na, K, Sa, Mg, A1 elementlari, kamyob yer elementlari (TR), kamroq Cs, Sr, Pb, Bi, V va boshqalarning ftor bilan tabiiy birikmasi. RnFm (flyuorit, villiomit NaF, sellait MgF2 va boshqalar) singari oddiy tip va R va M — kationlari boʻlgan RJMFJ murakkab tiplarga boʻlinadi. Oddiy Tabiiy ftoridlar mustahkam joylashgan koordinatsion kristall strukturaga ega, kub va geksagonal singoniyali. Murakkab Tabiiy ftoridlar quyidagi guruxlarni tashkil qiladi: ftoroalyuminatlar (mas., kriolit), ftorobor atlar (mas., ferruchit Na[BFJ), ftoroberillatlar (syanxualinit Li2Ca3[Si04]3 Be3F2), ftorosilikatlar (mas., mallardit Na2[SiF6]). Murakkab Tabiiy ftoridlarga, odatda, qoʻshaloq va uch qoʻshaloq ftoridlar: neyborit NaMgF3 va gagarinit NaCaTRF6 kiradi. Baʼzi tadqiqotchilar tomonidan ftoridlar sinfiga ftorkarbonatlar — bastnezit, parizit va topaz guruhi minerallari kiradi. Koʻpchilik Tabiiy ftoridlar kam tarkalgan boʻlib, eng koʻp uchraydigan — flyuorit, u turli genezisli konlarda mavjud. Tabiiy ftoridlar rangeiz yoki och rangli, shaffof, shishadek yaltiraydi. Qattikligi 4—5; zichligi 2—3,2g/sm³. Tabiiy ftoridlar vulkanlarning sublimatlarida (ferruchit, avogadrit, kriptogalit va boshqalar) vujudga keladi, granitlarning aksessorli minerallarida, ishqorli jinslar va ularning effuzivli analoglari (flyuorit)da uchraydi. Ular karbonatit (flyuorit), granitli pegmatit, greyzen, gidrotermal xreila (flyuorit), ishqorli granit va ularga bogʻliq boʻlgan metasomatitlar (kriolit, flyuotserit, gagarinit) hamda luyavrit, foyyait va urtitlar (villiolit) rivojlanishining kechki bosqichlari uchun xarakterlidir. Koʻplab alyumoftoridlar, kriolit (tomsenolit, ralstonit, paxnolit, veberit, xiolit va boshqalar)larning gidrotermal oʻzgarishida paydo boʻladi. Oksidlanish zonasida koʻpincha endogen Tabiiy ftoridlardan gipergenli: gearksutit, kridit, flyuyellit rivojlanadi, choʻkindi qatlamlarda flyuorit (ratovkit) uchraydi. Tabiiy ftoridlar dan flyuorit va kriolitlardan metallurgiya, keramika va kimyo sanoatida foydalaniladi. Basnezit va parizit kamyob yer elementlari olish manbasi hisoblanadi. Tabiiy ftoridlardan flyuorit Chatqol-Qurama regionidagi Novgarzon, Kenkol, Kaskana, Obirahmat (qazib olingan) va boshqa konlarda mavjud.