Tabib ilon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Tabib ilon
Biologik klassifikatsiya
Olam: Hayvonlar

Tabib ilon (Elaphe longissima) — suvilonsimonlar oilasi turi. Boʻyi 2 m gacha. Kichkina boshi boʻynidan bir oz ajralib turadi, dumi uzun. Terisi sirtdan silliqtangachalar bilan qoplangan. Baʼzan tanasining orqa tomoni va boshining usti sargʻishkulrang , qoramtir yoki qora boʻladi. Oʻrmon va butazorlarda yashaydi. Urgʻochisi tuproqqa 5—8 ta tuxum qoʻyadi. Kemiruvchilar, mayda qushlar bilan oziqlanadi. Gʻarbiy Yevropaning jan. qismida, Ukrainaning jan.gʻarbida, Kichik Osiyo, Zakavkazye va Shim. Eronda tarkalgan. Kad. yunonlar va rimliklarning tibbiy emblemasida tabiblik xudosi — Eskulap qoʻliga ilon oʻralgan aso tutqazilgan. Eronliklar esa unga Tabib ilon deb nom berishgan.