Syullipryudom
Syullipryudom (SullyPrudhomme) (taxallusi; asl ismsharifi Rene Fransua Arman Pryudon) (1839.16.3, Parij — 1907.7.9, ShatneMalabri, OdeSen departamenti) — fransuz shoiri. Fransiya akademiyasi aʼzosi (1881). Parij universitetini tugatgan. Ilk kitobi — "Bekat va sheʼriyat" (1865). "Harbiy taassurotlar" (1870) kitobi FransiyaPrussiya urushi voqealariga bagʻishlangan. "Behuda muloyimlik" (1875) sheʼriy toʻplami gʻamgin ruxda boʻlib, ichki intim tuygʻular bilan yoʻgʻrilgan. "Adolat" (1878) falsafiy dostonida adolatni tashqi dunyodan emas, odamning koʻnglidan qidirish kerak, degan fikrni ilgari surgan. "Baxt" (1888) dostoni inson baxti, ilm, saxovat va fidoyilik haqida. S.P. ning Lukretsiydan qilingan tarjimaga "Soʻzboshi"si (1869), "Erkin tanlov psixologiyasi" (1906) va boshqa risolalari, "Paskalning haqiqiy dini" ocherki (1905), jamiyatshunoslik va sanʼatshunoslikka oid bir kancha ishlari, jumladan, "Poetik vasiyatnoma" (1901) pozitivizm falsafasi ruhida yozilgan. Nobel mukofoti laureati (1901).
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |