Kontent qismiga oʻtish

Sylvia Nazar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Sylvia Nasardan yoʻnaltirildi)
Zulfiya Nazar
Tavalludi 17-avgust, 1947-yil
Ijod qilgan tillari Ingliz tili[1]
Fuqaroligi Germaniya va AQSh

Sylvia (Zulfiya) Nasar (talaffuzi: Silviya Nazar; 17-avgust, 1947-yilda tugʻilgan) — oʻzbek millatiga mansub, nemis iqtisodchisi, koʻproq John Forbes Nashning tarjimai holi boʻlgan Ajoyib zehn asarining muallifi sifatida mashhur.

Nazarning otasi — oʻzbek Ruzi Nazar, onasi — nemis. U oilasi bilan 1951-yilda AQSHga, soʻng 1960-yilda Turkiyaning Anqara shahriga koʻchib oʻtadi. U 1970-yilda kollejni bitiradi, 1976-yilda Nyu York universitetini magistr sifatida tamomlaydi. Toʻrt yil davomida u Nobel mukofotining sovrindori Vasiliy Leontyev bilan hamkorlikda izlanishlar olib boradi. U hozirda Kolumbiya universitetining jurnalistika boʻyicha professori. Uning turmush oʻrtogʻi — eʼtiborga loyiq iqtisodchi Darryl McLeod. Ularning uch nafar farzandi bor va hozirda ular Territaun, Nyu Yorkda istiqomat qilishmoqda.


  1. (unspecified title)