Kontent qismiga oʻtish

Sxemotexnika

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Sxemotexnika - radiotexnika, aloqa, avtomatika, hisoblash texnikasi va boshqalarning elektron qurilmalarini taxlil va sintez qilish muammolarini oʻz ichiga olgan ilmiytexnikaviy yoʻnalish. Yuqorida sanab oʻtilgan qurilmalarning aniq ishlashini taʼminlash va ularning tarkibiga kiradigan elementlarning parametrlarini hisoblash uchun qoʻllanadi. "S." termini 20-asr 60y.larida koʻp funksiyali elektron qurilmalarning paydo boʻlishi bilan bogʻliq ravishda paydo boʻlgan. S.ning nazariy bazasini chiziqli va nochiziqli elektr zanjirlari nazariyasi, elektrodinamika, matematik dasturlash, avtomatlar nazariyasi va boshqa tashkil qiladi. Elektr va radioelementlar (rezistorlar, kondensatorlar, diodlar, tranzistorlar va boshqalar) va integral mikrosxemalar elektron qurilmalarning elementlar bazasi sifatida xizmat qiladi.