Svami Vivekananda

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Svami Vivekananda (asl nomi Narendranatx Datta) (1863.12.1, Kalkutta — 1902.4.7, Belur) — hind mutafakkiri, diniy islohotchi va jamoat arbobi. 1880—84 yillarda Kalkutta untida falsafani oʻrgandi. Ramakrishna taʼlimoti bilan tanishdi. 1893 yil vedanta taʼlimotini targʻib qilish maqsadida AQSH, Buyuk Britaniya, Xitoy, Yaponiyaga safar qildi. 1897 yil "Ramakrishna hidoyati" diniy-islohotchilik jamiyatiga asos soldi. V. "Hindistonni qayta tiklash" oqimining vakili sifatida mamlakat ozodligi va mustaqilligi uchun kurashchilar safiga qoʻshiddi. Xalq ommasini Hindistonning yagona umidi va asosiy kuchi deb, hinduizmnp mustaqillik uchun kurashning mafkuraviy vositasi deb billi. Diniy, tabaqaviy va milliy tengsizlikka qarshi chiqqan V. ijtimoiy tarkibni oʻzgarishsiz qoldirgan holda islohotlar oʻtkazish tarafdori edi. V. taklif etgan "islohot" maʼnaviy hayot doirasi bilan chegaralanib, jamiyat va shaxsni qayta tarbiyalash, ongda "inqilob" yasash, har bir shaxs va millatda maorif orqali vedanta gʻoyalarini yoyish bilan kifoyalanar edi. Isloh etilgan dinning vazifasi, V. fikricha, aholining eng kambagʻal doiralariga yordam berishdir. Sanʼat, ilm-fan va din — bularning hammasi haqiqatga yetishishning har xil yoʻllari, xolos Ammo haqiqatga erishishning zaruriy sharti Shankara (788—820)ning yagona qarashini bilishdir.

V. taʼlimoti Hindistonda ozodlik harakatiga yordam berdi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil