Suzib yuruvchi pirog
Suzib yuruvchi pirog (inglizcha: pie floater) — ayniqsa Adelaidada koʻp uchraydigan avstraliyacha taom. Odatda pomidor qaylasi qoʻshilgan holda quyuq noʻxat shoʻrvasidagi goʻshtli pirogdan iborat boʻladi. Taom 1890-yillarda yaratilgan deb hisoblanadi, Suzib yuruvchi pirog Janubiy Avstraliya pirogli aravachalarda sotiladigan taom sifatida mashhurlikka erishgan. 2003-yilda Suzib yuruvchi pirog Janubiy Avstraliya merosi belgisi sifatida tan olingan[1].
Tarix
[tahrir | manbasini tahrirlash]Goʻshtli noʻxat shoʻrva uzoq vaqtdan beri ingliz oshpazlik tarixining bir qismi boʻlib kelgan, u haqida XIX-asrda „pirog bilan noʻxatli kechlik“ (Yorkshirda), „ilonbaliq bilan noʻxatli shoʻrva“, dimlangan damplinglar yoki sosiska bilan (shoʻrvadagi damplinglar „suzib yuruvchi“ deb nomlangan) deya eslatib oʻtilgan. Ular daromadlari cheklangan odamlar guruhlarini, masalan, sport musobaqasida yoki oʻrim-yigʻim vaqtida[2] boqish uchun foydali boʻlgan taomlardan kelib chiqqan boʻlishi mumkin. Suzib yuruvchi pirog odatda anʼanaviy avstraliya goʻshtli pirogidan iborat boʻlib, odatda suzib yuruvchi, lekin baʼzan quyuq koʻk noʻxat shoʻrvasili kosaga botirilgan (anʼanaviy ravishda teskari) boʻladi[3]. Unga koʻpincha pomidor qaylasi qoʻshiladi, lekin oʻz xohishingizga koʻra yalpiz qaylasi, tuz, qalampir yoki solod sirkasi kombinatsiyasini ham qoʻshishingiz mumkin[4].
Janubiy Avstraliyadagi dastlabki maʼlumotlarga koʻra, Suzib yuruvchi pirog Port-Pirida dunyoga kelgan va 1890-yillarda qandaydir Ern „Pakana“ Bredli tomonidan oʻylab topilgan, ammo bu haqiqatan ham shundaymi yoki yoʻqmi va bu aynan qanday sodir boʻlganligi nomaʼlumligicha qolmoqda[5][6][7][8][9].
Pirogli aravachalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Janubiy Avstraliyadagi Adelaidada pirogli aravachalar 1870-yillardan beri mavjud[10]. Suzib yuruvchi piroglar, odatda, kechki ovqat sifatida koʻchada koʻchma pirogli aravachalarda sotilar edi. Pirogli aravachalar — bir yoki ikki tomonida „deraza“si boʻlgan treyler, vagoncha yoki aravacha (dastlab otga qoʻshilgan) boʻlib, u yerda mijozlar xarid qilgan taomlarini yeyish uchun oʻtirishgan yoki (koʻpincha) turishgan. Pirogli aravachani odatda tushlik paytida va kechki vaqt joyiga koʻchirilardi. Harakat gavjum boʻlib, koʻchada toʻxtash joyiga ehtiyoj paydo boʻlganligi sababli aravachalarda piyodalar yoʻlakasi tomonga qaragan bitta oynaga paydo boʻldi va ular kunning tigʻiz vaqti oʻtganidan soʻng joyidan koʻchadigan boʻldi. Ular kechgacha yoki ertalabgacha ishlashardi, shundan soʻng ular kunduzgi turar joylariga qaytarilar edi.
2003-yilda Janubiy Avstraliya Milliy Fondi Suzib yuruvchi pirogning 130-yildan ortiq davom etgan tarixini kuzatdi. Suzib yuruvchi pirog Janubiy Avstraliya Milliy Dondi (National Trust of South Australia) tomonidan Janubiy Avstraliya merosi belgisi sifatida eʼtirof etilgan, garchi u hozir juda kam joylarda, jumadan, Café de Vilis, Norwood Parade dagi Enjoy Bakery[11], King Uilyam Strit dagi Kings Head Pub[12] va Upper Sturt universal doʻkonida mavjud. Anʼanaviy noʻxat shoʻrvali yoki zamonaviy qovoq shoʻrvali Suzib yuruvchi piroglarni, shuningdek, Prices Fresh novvoyxonalarida ham topish mumkin[13].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ The glorious meat pie and humble pie floater Архивировано 22 сентября 2012 года. abc.net.au/sa Retrieved 2010-11-27
- ↑ Rina „The Pie Cart“. www.thepiecart.com.au. 2018-yil 26-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 18-dekabr.
- ↑ "Blue boiler peas" are whole dried green field peas, not carlin peas, maple peas or black peas, as are used for „mushy peas“ in England.
- ↑ samemory.sa.gov.au Архивная копия от 4 марта 2016 на Wayback Machine Retrieved 2010-11-27
- ↑ „The Pie Cart“. 2021-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 27-sentyabr.
- ↑ „Pie floater invented in Port Pirie - Australian food history timeline“. 2021-yil 10-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 27-sentyabr.
- ↑ „Pie floater 'founded in Pirie' | The Recorder | Port Pirie, SA“. 2021-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 27-sentyabr.
- ↑ „16-may 1914-yil - Advertising - Trove“. 2021-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 31-mart.
- ↑ „South Australian pie carts“. 2021-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 27-sentyabr.
- ↑ Pie Floater entry at the National Trust of South Australia Архивировано 17 декабря 2003 года.
- ↑ „Enjoy Bakery - Caffe. 24 Hour Bakery on The Parade, Norwood SA“ (en-us). www.enjoybakery.com.au. 2017-yil 15-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 18-dekabr.
- ↑ „Kings Head Menu“ (en-us). kingsheadpub.com.au. 2020-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 1-sentyabr.
- ↑ Prices Fresh Архивная копия от 27 сентября 2021 на Wayback Machine, pricesfresh.com.au
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Australian Float Float Cake Arxivnaya kopiya -da arxivlangan