Suyurlitepa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Toshkent viloyati Ohangaron tumanidagi antik davrga tegishli tarixiy yodgorlik. Hozirgi kunda tarix fanlari doktori, professor, arxeolog olim Ahmadali Asqarov boshchiligida arxeologik ekspeditsiyalar olib borilmoqda.[1] Suyurlitepa yodgorligi Ohangaron daryosining chap sohilida, Qurama tog`larining shimoliy etaklarida joylashgan tarixiy makon. O`tgan asrning 60-yillarida akademik Yahyo G'ulomov tashabbusi bilan Toshkent vohasini o`rganish maqsadida Toshkent arxeologik ekspeditsiyasi tashkil etilgan edi. Mazkur ekspeditsiya davomida qadimgi Choch va Iloq davlatlarining tarixiy shaharlari tadqiq etib, o`rganildi. Mazkur ekspeditsiya jarayonida Suyurlitepa yodgorligi e'tibordan chetda qoldi, shu sababli ham mazkur yodgorlik haqida ensiklopediyalardan ma'lumotlar topilmaydi. Yodgorlik haqida tadqiqotlarda Suyartepa, Munchoqtepa, Saviltepa, Suyritepa kabi nomlar ostida uchratish mumkin.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fayl:Suyurlitepa.jpg
Suyurlitepa yodgorligida arxeologik qazishma jarayoni

Ushbu yodgorlik Buyuk Ipak yo`li ustida Farg`ona vodiysidan Toshkentga o`tishda ilk shahar hisoblanadi. Yodgorlik hududida ilk aholi yashash manzillarining aniqlanishi antik davrga to`g`ri keladi. Shahar-yodgorlikning janubiy qismlaridan Qovunchi II madaniyati izlari topilgan.

Antik davr[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Isabekov Behzod Imomali o’g’li. (2020). Ancient city on the Great Silk Road. INTERNATIONAL JOURNAL OF DISCOURSE ON INNOVATION, INTEGRATION AND EDUCATION, 1 (5), 319-322. Retrieved from https://summusjournals.com/index.php/ijdiie/article/view/431