Suyuq oʻgʻitlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Suyuq oʻgʻitlar — sanoatda ishlab chikariladigan va tuproqqa suyuq holda solinadigan mineral moddalar. S.oʻ.ga suvsiz ammiak (82% azotli), suvli ammiak (18—20% azotli), ammiakatlar (30—50% azotli), kaliy tuzlarining eritmalari (14% K2O li), fosfat kislota, suyuq kompleks oʻgʻitlar kiradi (qarang Kompleks oʻgʻitlar). S.oʻ.ni asosiy oʻgʻit hrlida va vegetatsiya davrida oʻsimliklarni oziqlantirish uchun ishlatish mumkin. Ular tuproqqa shudgorlash yoki ekishdan oldin solinsa, tuproqqa yaxshi aralashadi, suv taʼsirida yuvilib ketmaydi, hosilni ammiakli selitra solingandagiga nisbatan oshiradi. Oʻzbekistonda suyuq kompleks oʻgʻitlar ishlab chiqarilishi 1979 yildan boshlangan. Suyuq kompleks oʻgʻitlarning kimyoviy tarkibi: 10% N, 34% R2O5, 0,6% GʻeO3, 0,7% A12O3, 0,1% SaO, 0,01% Mg, 0,02% F dan iborat. Suyuq kompleks oʻgʻitlar konsentratsiyali polifosfat kislotani yuqori qaroratda (280—350°) gaz holidagi ammiak bilan neytrallab, keyin ammiakli suvda eritib olinadi. Suyuq kompleks oʻgʻitlar fosforni qiyin oʻzlashtiruvchi ekinlar uchun juda qoʻl keladigan fosforli oʻgʻitdir. Tarkibida 27% gacha azot, fosfor, kaliy boʻlgan suyuq kompleks oʻgʻitlarning ekinlar uchun agrokimyoviy samaradorligi darajasi ularning qoʻllanish texnologiyasiga bogʻliq. Suyuq kompleks oʻgʻitni yozning oxiri va kuzda ham yerga solish mumkin. Su. plug yoki kultivatorga maxsus oʻrnatilgan oʻgʻitlagichlarda yerga (yengil tuprokli yerlarga 16—20 sm, ogʻir tuprokdi yerlarga 12—5 sm chuqurlikda) solinadi.

Adabiyot[tahrir]

  • Kiselev A. V., Romanovskaya L . I ., Primeneniye jidkix slojnix udobreniy v selskom xozyaystve Uzbekistana, T., 1981.

Risqivoy Yoqubov.