Suxon Eugen

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

SUXON (Sushon) Eugen (1908.25.9, Bratislava yonidagi Pezinok) — slovak kompozitori, pedagog, musiqa jamoat arbobi. Milliy kompozitorlik maktabi asoschilaridan. Chexoslovakiya xalqartisti (1959). Bratislava va Praga konservatoriyalarida taʼlim olgan (1927—33). Slovak kompozitorlar uyushmasi raisi (1972—81). Ijodida xalq musiqa anʼanalari bilan zamonaviy kompozitsiya (dodekafoniya, modallik kabi) uslublari uygʻunlashgan. 2 opera ("Girdob", 1949 — birinchi milliy operasi; "Svyatopluk", 1960), "Karpatzamin psalmi" kantatasi (1938), simfonik va kamercholgʻu asarlari (jumladan, fortepiano uchun "Slovakiya manzaralari", 1957), xorlar ("Togʻlar haqida", 1942), teatr spektakllari va kinofilmlarga musiqalar yozgan. Garmoniya va polifoniya boʻyicha nazariy asarlar muallifi. Chexoslovakiya davlat mukofoti laureati (1951, 1954, 1960, 1973).