Suvkesarlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Suvkesarlar (Rynchopidae) -baliqchilar turkumiga mansub qushlar oilasi. 3 turi tropik mintaqada tarqalgan. Gavdasining uzunligi 45 sm cha. Oqqora tusda. Qanotlari uzun va ingichka. Tumshugʻi katta; ostki tumshugʻi ustkisidan ancha uzun. Osiyo, Afrika, Amerikaning tropik hamda subtropik mintaqalaridagi yirik ichki suv havzalari va daryolarning quyilish joylarida yashaydi. Tuda boʻlib qumga uya quradi. 3—4 ta tuxum qoʻyadi. Tuxumlarini urgʻochisi bosadi. Mayda baliklar, hasharotlar va boshqa hayvonlar bilan oziqlanadi. Suv ustida ostki tumshugʻini suvga bir oz botirib, pastlab uchadi; tumshugʻiga tushgan oʻljani havoga uloqtirib, yana havoda tutib oladi..